Peruda aniqlangan, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yangi o‘simlik turi argentinalik futbolchi Lionel Messi sharafiga Salvia messii deb nomlandi. Bu haqda “Agencia Andina” xabar berdi.
Yangi tur yalpizdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, uning och ko‘k va oq gullari Argentina terma jamoasi liboslari ranglariga o‘xshashligi sababli shunday nomlangan. Mazkur oilaga mansub ayrim o‘simliklar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va antiseptik xususiyatlari bilan tanilgan.
Lionel Messi 2023-yildan buyon AQSHning “Inter Mayami” klubida to‘p surmoqda. U faoliyati davomida Ispaniyaning “Barselona” va Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klublarida ham o‘ynagan.
Messi 2022-yilda Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan, 2008-yilgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘lgan va Amerika Kubogida ikki marta g‘olib chiqqan. Shuningdek, u sakkiz marta “Oltin to‘p” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!