$
11808.76 UZS
-12.42
₽
142.16 UZS
1.72
€
13404.12 UZS
-15.28
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston Amerika bilan turli sohalarda 12 ta hujjat imzoladi

10:01 / 18.09.2023

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi arafasida Vashingtonda O‘zbekiston-Amerika biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, forum ishida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va investitsiya tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, AQShning AKT, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, transport, bank ishi va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan yirik korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etgan.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi boshqaruvi raisi Kerolin Lemm, AQShning EKSIM Bank prezidenti Reta Jo Lyuis va Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Das Mark Pommershaym so‘zga chiqdi.

Spikerlar o‘z nutqlarida ikki mamlakat rahbariyatlarining siyosiy irodasi, hukumatlar va ishbilarmon doiralarning doimiy hamkorligi natijasida o‘zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalar jadal surʼatlarda rivojlanib borayotganligini taʼkidladilar.

O‘zbekiston tomoni iqtisodiyot, savdo, sanoatni rivojlantirish va sarmoyaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha erishilgan muhim yutuqlarni taqdim etdi. Xususan, boshqa faktlar qatorida erkin bozor va sog‘lom raqobat mexanizmlari yaratilgani, tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani rivojlantirish, energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha islohotlar amalga oshirilgani, iqtisodiyotda davlat ishtirokining qisqargani va keng ko‘lamli xususiylashtirish jarayonlari boshlangani qayd etildi.

“Bugungi kunda O‘zbekistonda AQShning 300 ta kompaniyasi faoliyat yuritmoqda, bu 2017-yildagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘pdir. Mamlakatimiz iqtisodiyotining avtomobilsozlik – General Motors, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish – John Deer, CNH, gaz ishlab chiqarish – Air Products, qishloq xo‘jaligi – Silverleafe va boshqa sohalarida AQSh kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda”, – deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, tog‘-kon sanoati, kimyo va energetika sanoati, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, elektronika, axborot texnologiyalari kabi iqtisodiyot tarmoqlari qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishning eng istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi. Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va uni uchinchi davlatlarga eksport qilish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etishda katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Ikki davlat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish muhimligi, barcha qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishda davlat idoralarining har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi taʼkidlandi.

Tadbir davomida global raqobat, taʼminot zanjiri barqarorligini taʼminlash, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish, strategik prognozlash, xususiylashtirish va moliyaviy-texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha alohida sessiyalar o‘tkazildi.

Biznes-forum O‘zbekiston va AQSh vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari va yetakchi kompaniyalari rahbarlarining “G2B” va “B2B” formatidagi uchrashuvlari bilan davom etdi. Unda ishtirokchilar qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish masalalarini atroflicha muhokama qilishga muvaffaq bo‘ldilar.

Tadbir yakunida energetika, mashinasozlik, AKT, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy-texnik va ilmiy-texnik hamkorlik, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish kabi sohalarda 12 ta hujjat imzolandi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistondagi maktablarda ayrim fanlar to‘liq i tilida o‘qitiladi

O‘zbekistondagi maktablarda ayrim fanlar to‘liq i tilida o‘qitiladi

O‘zbekistondagi 100 ta maktabda ayrim fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Bu haqda bugun, 30-sentyabr kuni Prezident Sha…
15:47 / 30.09.2026
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari o‘tkaziladi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari o‘tkaziladi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yildan 4-sinf o‘quvchilarining olimpiada…
14:14 / 30.09.2026
Turkiyada shifokorlar bemorning sog‘lom qulog‘ini operatsiya qildi

Turkiyada shifokorlar bemorning sog‘lom qulog‘ini operatsiya qildi

Turkiyaning Kojaeli shahrida shifokorlar bemorning kasallangan o‘ng qulog‘i o‘rniga sog‘lom chap qulog‘ida jarrohlik amaliyo…
10:31 / 30.09.2026
Termizda Damas avtomobilida 21 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi

Termizda Damas avtomobilida 21 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi

Termiz shahrida Damas avtomobilida 21 nafar voyaga yetmagan bola olib ketilayotgani aniqlandi. Bolalar xususiy oilaviy bog‘c…
15:42 / 30.09.2026
Prezident shaxmatchilarni Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident shaxmatchilarni Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari b…
16:37 / 29.09.2026
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilinmoqda

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va jinsiy tajovuzlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyiha…
14:37 / 29.09.2026
14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini i…
17:01 / 30.09.2026
O‘zbekistonda xususiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imtiyozlar beriladi

O‘zbekistonda xususiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imtiyozlar beriladi

Joriy yilda O‘zbekistonda birinchi sinfga 800 ming bola qabul qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 10 foiz ko‘p. 20…
14:23 / 30.09.2026
Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilari katta hayotga kamida biror til va kasbni egallagan holda chiqishi zarurli…
14:11 / 30.09.2026
Shavkat Mirziyoyev ayollar terma jamoalarimiz ham Olimpiadada katta iroda va matonat ko‘rsatganini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev ayollar terma jamoalarimiz ham Olimpiadada katta iroda va matonat ko‘rsatganini ta’kidladi

Birinchi jamoa 11 turning yettitasida g‘alaba qozonib, dunyoning kuchli shaxmat mamlakatlari vakillari bilan tengma-teng kur…
17:19 / 29.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!