Kelasi yil 1-yanvardan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishlaydigan onalarning bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Davlat rahbari ayollarning bandligi oilaga qo‘shimcha daromad keltirishi va bolalarning ta’lim olishi uchun ko‘proq sharoit yaratishini ta’kidladi. “Ayollar ishli bo‘lsa, oilaga qo‘shimcha daromad kiradi, bolalarning bilim olishiga ko‘proq sharoit yaratiladi”, — dedi Prezident.
Shuningdek, bog‘cha tarbiyachilariga ishlab turib oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratilgani qayd etildi. Joriy yilda 7 ming nafar tarbiyachi oliygohga o‘qishga kirgan. Ular haftasiga besh kun ishlab, bir kun ta’lim olmoqda.
Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlarida o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi. Bog‘chada kamida besh yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham mazkur imkoniyatdan foydalanishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!