Nashrga ko‘ra, Murat Tarakchi o‘ng qulog‘ida suyuqlik to‘plangani sababli Istanbulning Tuzla tumanidagi Okan universiteti shifoxonasiga murojaat qilgan. Biroq operatsiya vaqtida shifokorlar adashib, uning chap qulog‘iga naycha o‘rnatgan. Narkozdan uyg‘ongach, Tarakchi chap qulog‘ida kuchli og‘riq sezgan va xatoni payqagan.
Shundan so‘ng tibbiy guruh o‘sha kunning o‘zida bemorni yana umumiy narkoz ostida operatsiya qilib, o‘ng qulog‘ida ham zarur jarrohlik amaliyotini bajargan. Tarakchi shifokorning quloqlarni adashtirganini jiddiy xato deb baholab, shifoxona va shifokor ustidan shikoyat qilgan.
Shifoxona ma’muriyati huquqiy jarayon davom etayotgani sababli hozircha izoh bermasligini bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!