Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlat rahbari shaxmatchilarni 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan yana bir bor tabrikladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasining ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lgani ta’kidlandi. Prezident Samarqandda o‘tkazilgan Olimpiada kuchli raqobat ostida kechgani va unda 200 dan ortiq mamlakatdan qariyb 2 ming shaxmatchi, jumladan, kuchli grossmeysterlar hamda amaldagi chempionlar ishtirok etganini qayd etdi.
Davlat rahbariga ko‘ra, shunday katta raqobat sharoitida O‘zbekiston bayrog‘ini eng balandga ko‘tarish shaxmatchilarning mahorati, aql-zakovati va irodasini namoyon etgan. G‘alabaning aynan O‘zbekistonda, xalq ko‘z o‘ngida qo‘lga kiritilgani uning ahamiyatini yanada oshirgani ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, Olimpiadani bevosita kuzatish uchun Samarqandga 60 mingdan ortiq mehmon kelgan. Hududlarda tashkil etilgan fan-zonalarda qariyb 500 ming muxlis musobaqalarni kuzatgan, televideniye va internet orqali esa millionlab vatandoshlar o‘yinlarni tomosha qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!