Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yildan 4-sinf o‘quvchilarining olimpiada tuman bosqichida g‘olib bo‘lganlariga kompyuter beriladi.
G‘olib o‘quvchilarning ustozlariga ham bosqichiga qarab mukofot puli to‘lanadi. Tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat bosqichi uchun 50 million va respublika bosqichi uchun 100 million so‘m mukofot beriladi.
Yangi o‘quv yilidan 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika va tabiiy fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Loyihaga jalb etilgan o‘qituvchilar hamda maktabga tayyorlov guruhi pedagoglarining maoshiga 100 foiz ustama qo‘shiladi.
Shuningdek, o‘rta ta’limda “sifat indeksi” joriy etiladi. Maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi. Ilg‘or maktab boshqa ta’lim muassasalariga o‘z tajribasini o‘rgatib, ularni yuqori toifaga olib chiqsa, uning pedagogik jamoasiga 30 foiz ustama to‘lanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!