Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, joriy yilning olti oyida Toshkent shahrida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar kamayib, 230 ta mahallada jinoyat sodir etilmagan, 332 ta mahallada esa ularning soni keskin qisqargan.
Sergeli tumanida ham bu borada ijobiy natijalar kuzatildi. Avval kriminogen vaziyati og‘ir deb baholangan 29 ta mahalla “yashil” toifaga o‘tdi, 17 ta mahallada esa birorta ham jinoyat sodir etilmadi. Shu tariqa Sergeli poytaxt tumanlari orasida eng yaxshi natijalardan birini qayd etdi.
Yig‘ilishda O‘zgarish mahallasidagi profilaktika tajribasini ommalashtirish, tumandagi qolgan mahallalarni ham “yashil” toifaga o‘tkazish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda yoshlar bilan ishlashning yangi yondashuvlarini joriy etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!