Surxondaryo viloyatida Amudaryo orqali dron yordamida giyohvandlik vositasini O‘zbekiston hududiga olib o‘tishga urinish bartaraf etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida afg‘onistonlik noma’lum shaxslar dron orqali narkotik moddani mamlakat hududiga olib kirishga uringani aniqlangan.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu noqonuniy harakat o‘z vaqtida to‘xtatilib, uchuvchisiz uchish apparatiga mahkamlangan 2 kg 32 gramm opiy giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!