$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda IMEI-kodlarini klonlash uchun javobgarlik belgilanadi

11:20 / 20.09.2023

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda ayrim huquqbuzarlar tomonidan xorijdan olib kelinayotgan yoki bloklangan uyali aloqa qurilmalariga kam haq evaziga o‘zgalarning IMEI kodlarini ko‘chirib berish holatlari ko‘payib bormoqda. Bu esa fuqarolarning huquqlariga zarar yetkazib, mobil telefon o‘g‘irligi, shuningdek, mobil telefonlarni qo‘lga kiritish maqsadida bosqinchilik, talonchilik va boshqa og‘ir turdagi ayrim jinoyatlar sonining oshishiga hamda ularning aksariyati fosh etilmasdan qolishiga sabab bo‘lyapti.

Mazkur qonun loyihasi Qonunchilik palatasining shu yil 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, konseptual jihatdan qabul qilingan edi. Loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazilgan.

“Ularda deputatlar, ekspertlar, huquqshunoslar tomonidan berilgan barcha takliflar, fikr-mulohazalar chuqur tahlil qilinib, ularning aksariyati loyiha matnida aks ettirilgan holda qonun loyihasi maromiga yetkazildi”, – deyiladi xabarda.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan yangi turdagi jinoyatlarning oldini olishga, javobgarlikning muqarrarligini va fuqarolar xavfsizligi ta‘minlanishiga xizmat qiladi. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan.


Bu ham qiziq

Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi 54 million dollarlik “Sulton Tex Group” to‘qimachilik fabrikasi faoliy…
15:58 / 21.10.2026
20 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

20 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

Andijon viloyatida 20 ming AQSh dollarini xorijga noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mi…
09:25 / 25.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026
22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026
Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal nafaqat shirinligi, balki foydali xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Uning tarkibida antioksidantlar va organizm uchun…
08:29 / 23.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatuvchi xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti …
16:02 / 21.10.2026
Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026
Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksi…
09:39 / 24.10.2026
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin — bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib…
15:45 / 23.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!