$
11899.09 UZS
1.19
₽
141.53 UZS
1.35
€
13298.42 UZS
-37.94
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda.

08:28 / 13.10.2026

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda.

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

28-sentyabrdan Samarqand viloyatida og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun ilk bor mobil palliativ xizmat yo‘lga qo‘yildi. Hududda bunday yordamga muhtoj 300 nafardan ortiq bola aniqlangan.

Мobil brigada tarkibiga tibbiyot mutaxassislari, ijtimoiy xodimlar va psixologlar kiradi. Ularning asosiy vazifasi — bolalarga uy sharoitida yordam ko‘rsatish, og‘riq va kasallik alomatlarni yengillashtirish, bola hamda unga g‘amxo‘rlik qilayotgan yaqinlari uchun individual yordam rejasini ishlab chiqish va ota-onalarga parvarish ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva: “Bolaning tashxisini o‘zgartirishga ojizmiz, ammo uning har bir kunini o‘zgartirish o‘z qo‘limizda”.

Maqsadimiz - oilalarga bolaning ehtiyojlaridan kelib chiqib, yordamni uyda yoki xospisda olish imkoniyatini yaratish.

Men uchun ushbu loyiha nafaqat tibbiy yordam ko'rsatish, balki tuzalmas xastalikka chalingan bolalarga bo'lgan munosabatimizni o'zgartirish bilan ham bog'liq. Xastalik bolaning imkoniyatlarini cheklashi mumkin, ammo uning to‘laqonli hayot kechirishi uchun qilayotgan sa'y-harakatlarimizni cheklamasligi kerak. Bolalar xospisining tashkil etilishi bilan birga bunday bolalarga bo'lgan munosabatimiz ham o'zgarishini juda xohlayman.

Biz, eng avvalo, tashxisni emas, bolaning o'zini - uning xohish-istaklari, orzulari, qiziqishlari va jamiyatimizning ajralmas qismi bo'lish huquqini ko'ra bilishimiz lozim.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi har bir bola uchun alohida keys ochadi hamda zarur ijtimoiy xizmatlar va texnik reabilitatsiya vositalarini olishda ko‘maklashadi. Jumladan, bolalarning ehtiyojidan kelib chiqib, moslashtirilgan nogironlik aravachalari, vertikalizatorlar, funksional karavotlar va yotoq yaralarining oldini oluvchi matraslar bilan ta’minlashga yordam beriladi.

Ayni paytda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalar xospisi qurilishi ham davom etmoqda. Xospis va faoliyatini boshlagan mobil xizmat birgalikda bolalar hamda ularning yaqinlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yagona palliativ yordam tizimining bir qismiga aylanadi.

Bu ham qiziq

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026
Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida akademik ta’til olish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilib, 500 A…
13:03 / 10.10.2026
Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida FAW rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘i…
09:33 / 10.10.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish ha…
17:06 / 09.10.2026
“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar…
14:45 / 09.10.2026
Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Keti Zaxariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaganini e’lon qildi. U avgust oyi oxi…
09:29 / 10.10.2026
“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 8-oktabr kuni “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga n…
17:51 / 08.10.2026
Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026
Bo‘stonliqda 4 gektar yerning toifasini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs 100 ming dollar bilan ushlandi

11:19 / 13.10.2026
O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!