BMT Taraqqiyot dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab kambag‘allikdan aziyat chekayotganlar soni 1,2 milliard kishiga yetdi. 2026-yil 12-oktyabrda e’lon qilingan hisobotda o‘ta qashshoqlikda yashayotganlar soni 2025-yilga nisbatan 51,5 million kishiga ko‘paygani qayd etilgan.
BMT Taraqqiyot dasturi va Oksford kambag‘allik hamda inson taraqqiyoti tashabbusi tadqiqot markazi tayyorlagan yillik hisobotga ko‘ra, global kambag‘allik indeksi 2010-yilda joriy etilganidan beri ilk bor oshgan. Bunda aholi sonining o‘sishi asosiy omillardan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Hisobotda keltirilishicha, o‘ta qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘prog‘ini bolalar tashkil etadi. Kambag‘allikni baholashda munosib uy-joy, sanitariya, elektr energiyasi, ovqat tayyorlash uchun yoqilg‘i, oziq-ovqat va ta’lim bilan ta’minlanganlik kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan.
Shu bilan birga, ayrim mamlakatlarda ijobiy natijalar ham qayd etilgan. So‘nggi 15 yil ichida 33 ta davlat kambag‘allik darajasini ikki baravar kamaytirgan. Ular orasida Xitoy va Vyetnam kabi Osiyo mamlakatlari ham bor. Misr, Nepal va Tojikistonda ham ko‘p o‘lchovli kambag‘allik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilangan.
Hisobotga kiritilgan 108 ta rivojlanayotgan mamlakatning faqat 13 tasidan yangi ma’lumotlar olingan. Kambag‘allikdan aziyat chekayotgan aholining katta qismi esa hamon Sahroyi Kabirdan janubdagi Afrika va Janubiy Osiyoda istiqomat qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!