$
11765.76 UZS
-17.71
139.71 UZS
0.01
13638.87 UZS
-49.99
31° Kechasi 18°

Raqobat qo‘mitasi ovqatlanish korxonalarini Ramazonda “aksiya setlar”ni majburlab sotmaslikka chaqirdi

15:51 / 17.02.2026

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarini Ramazon oyida mijozlarni “setlar” (kompleks ovqatlar to‘plami) xarid qilishga majburlamaslikka chaqirdi.

Qo‘mita ma’lum qilishicha, ayrim kafe, restoran va oshxonalarda Ramazon davrida “aksiya setlar” joriy qilinib, ularni majburiy tarzda taklif qilish, shuningdek, minimal narx belgilab, boshqa tanlovni cheklash holatlari kuzatilmoqda. Bu esa iste’molchilarning erkin tanlov huquqlarini cheklash alomatlarini ko‘rsatadi.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga muvofiq, iste’molchi tovar va xizmatlarni erkin tanlash hamda ularning sifatli bo‘lishini talab qilish huquqiga ega. 21-moddaga ko‘ra esa sotuvchi yoki ijrochi iste’molchini qo‘shimcha tovarlar xarid qilishga yoki xizmatlardan foydalanishga majburlay olmaydi.

Qo‘mita umumiy ovqatlanish korxonalari xizmat ko‘rsatish jarayonida mijozlarni qo‘shimcha mahsulot va xizmatlarni olishga qistamasligi, “set”dan bosh tortgan taqdirda taomnomadagi boshqa taomlarni buyurtma qilish huquqini cheklamasligi lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, iste’molchilar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, jumladan allergiya chaqiruvchi tarkibiy qismlar inobatga olinmasdan, taomlarni ovqatlar to‘plami tarkibida majburiy sotish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi eslatildi.

Raqobat qo‘mitasi bu kabi holatlar iste’molchilar huquqlarini buzishi mumkinligini ta’kidlab, qonun talablari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rilishini eslatdi.

O‘zbekiston

														Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirish va ularning jasadlarini bo‘laklarga ajratish ishida sud h…
09:47 / 13.09.2026

														Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 20 yoshli yigit buvisini o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uning jasadi …
09:38 / 13.09.2026

														Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
16:54 / 12.09.2026

														Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bud…
10:35 / 12.09.2026

														Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bir guruh fuqarolarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf o…
10:27 / 12.09.2026

														Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Prezidentimiz Olmazor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi natijalarini ham…
09:08 / 12.09.2026

														Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini t…
09:04 / 12.09.2026

														12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari: Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sham…
18:04 / 11.09.2026

														O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.

O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.

Endi profilaktik emlash hududda yuqumli kasallik aniqlanib, u faol tarqala boshlagan yoki aholining muayyan qatlamlari yuqti…
17:49 / 11.09.2026

														Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Xo‘jaobod tumanida Kichik biznesga ko‘maklashish markazi va tuman hokimligi hamkorligida…
17:40 / 11.09.2026

Bu ham qiziq

Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Ruminiya futbol federatsiyasi (FRF) dunyoda birinchi bo‘lib qora kartochkani joriy etdi. Yangi chora yoshlar futboli uchrash…
12:05 / 12.09.2026
Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 20 yoshli yigit buvisini o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uning jasadi …
09:38 / 13.09.2026
Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 mingga yaqin kishi o‘z joniga qasd qiladi. 15–29 yoshdagi yoshlar orasida suitsid 2021-yilda o‘lim saba…
10:22 / 12.09.2026
Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bud…
10:35 / 12.09.2026
Eron xorijiy yonilg‘i tashuvchi kemalar uchun 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor qildi

Eron xorijiy yonilg‘i tashuvchi kemalar uchun 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor qildi

Eron neft, gaz va suyuq yonilg‘i mahsulotlarini tashuvchi xorijiy kemalardan olinadigan 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor …
10:48 / 11.09.2026
Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Xo‘jaobod tumanida Kichik biznesga ko‘maklashish markazi va tuman hokimligi hamkorligida…
17:40 / 11.09.2026
Ostonada ayol 15-qavatdan tushib, 2 yoshli bola bo‘lgan aravachaga qulab tushdi

Ostonada ayol 15-qavatdan tushib, 2 yoshli bola bo‘lgan aravachaga qulab tushdi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida fojiali hodisa yuz berdi. 27 yoshli ayol ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan tushib ketib,…
09:44 / 13.09.2026
Xorazm va Jizzaxda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi

Xorazm va Jizzaxda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muo…
12:54 / 11.09.2026
Toyloq tumanida “Energosavdo” xodimi ushlandi

Toyloq tumanida “Energosavdo” xodimi ushlandi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida “Energosavdo” tuman bo‘limi muhandisi fuqarodan 500 AQSH dollari olayotgan vaqtida us…
11:25 / 11.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!