O‘zbekistonning milliy haydovchilik guvohnomalarini Germaniyada to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olish imkoniyati muhokama qilindi. Migratsiya agentligi Germaniyaning Global Talent Alliance va TSK Logistic kompaniyalari vakillari bilan transport-logistika sohasida hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi.
Agentlik rahbari o‘rinbosari Elyor Toshtemirov ishtirokidagi uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyada ishga joylashtirish va ularni ushbu mamlakat standartlari asosida tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Milliy haydovchilik guvohnomalarini Germaniyada tan olish bo‘yicha vakolatli idoralar bilan kelishish taklifi ham ilgari surildi.
Shuningdek, Germaniyadagi ish beruvchilar talablariga mos ravishda avtobus va yuk avtomobili haydovchilarini tayyorlaydigan qo‘shma Germaniya–O‘zbekiston haydovchilik maktabini tashkil etish tashabbusi ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda nomzodlarning Germaniyada ishlash uchun viza rasmiylashtirish jarayonida duch kelayotgan muammolari ham muhokama qilindi. Yakunda Migratsiya agentligi va Global Talent Alliance o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Hozircha O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalarini Germaniyada to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot berilmagan. Tashabbusning amalga oshirilishi tegishli muzokaralar va vakolatli idoralar bilan kelishuvlarga bog‘liq.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!