AQSh prezidenti bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“Yakshanba, 5-oktyabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan 6-oktyabr soat 3:00) gacha XAMAS bilan kelishuvga erishilishi kerak. Ushbu kelishuvga barcha davlatlar rozilik berdi! Agar bu So‘nggi imkoniyat kelishuviga erishilmasa, XAMAS misli ko‘rilmagan darajadagi jahannamga yo‘liqadi”, — deya ta’kidladi Tramp.
Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar rahbar o‘zi tomonidan taklif etilgan tinchlik rejasiga XAMAS beradigan javobdan qat’i nazar, Yaqin Sharqda tinchlikni ta’minlashga intilishini qo‘shimcha qilgan.
Tramp G‘azo sektoridagi urushni yakunlash bo‘yicha rejasini 29-sentyabrda taqdim etgan edi. Rejaga ko‘ra, XAMAS hokimiyatdan chetlatiladi, qurollarni topshirishga rozi bo‘lgan harakat a’zolariga amnistiya beriladi. Isroil hukumati ham bu rejani ma’qullagan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!