O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi asosida respublika hududlarida 35 nafar taniqli jurnalistning “Mahorat maktabi” o‘z faoliyatini boshladi.
Shundan 20 ta “Mahorat maktabi” Uyushmaning hududiy bo‘limlari tomonidan muvofiqlashtiriladi. Yana 15 tasi Toshkent shahrida — Uyushmaning markaziy apparati qoshida faoliyat olib boradi.
Poytaxtda mahorat saboqlari O‘zbekiston Milliy matbuot markazi, Kontent markazi hamda turli tahririyatlarda tashkil etiladi.
Mashg‘ulotlarda internet jurnalistikasi, bosma matbuot, televideniye, radio, huquqiy jurnalistika, sport jurnalistikasi va fotojurnalistika kabi yo‘nalishlar qamrab olinadi.
“Mahorat maktablari”ga jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda sohaga qiziquvchi yoshlar jalb etiladi. Mashg‘ulotlar yakunida ishtirokchilarga sertifikat topshiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!