Xabarlarga ko‘ra, XAMAS yetakchilaridan biri Muataz Iyd o‘ldirilgani aytilmoqda. Falastin va Isroil urushidagi so‘nggi yangiliklar ma’lum qilindi:
“XAMAS hujumi natijasida Isroilda halok bo‘lganlar soni 1,4 mingga yetdi. 3,5 ming kishi yaralangan”, – I24 telekanali.
“Isroilning G‘azo sektoriga bergan aviazarbalaridan so‘ng, halok bo‘lgan falastinliklar soni 2,6 mingdan oshgan. Yaradorlar soni esa 9,6 mingga yetgan”, – G‘azo SSV.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken: Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi “Rafah” nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi. Insonparvarlik yuklari endi G‘azo sektoriga yetkaziladi. Avvalroq Misr agar G‘azo sektoriga insonparvarlik yuklari yetkazishga imkoniyat berilmas ekan, u yerdan chet elliklarni chiqarmasligini ta’kidlagan edi.
Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen Vatikan tashqi ishlar vaziri bilan suhbatlashdi va qisman shunday dedi: “Isroil 1300 nafar o‘ldirilgan odamni dafn etayotgan bir paytda Vatikanning birinchi navbatda G‘azo fuqarolari uchun tashvish bildiruvchi bayonot berishi qabul qilinishi mumkin emas”.
Netanyaxu Baydenni Isroilga taklif qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika prezidentining Isroilga birdamlik tashrifi hafta oxiri yoki kelasi hafta boshida bo‘lib o‘tadi.
Isroil armiyasining ma’lum qilishicha, XAMASda hozirda 155 ta mahbus borligi aytilmoqda.
“Amnesty International” tashkiloti tomonidan hujjatlashtirilgan isbotlar orasida Isroil armiyasi G‘azoda oq fosforli artilleriya snaryadlaridan foydalangani aytilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!