Meksikaning Verakrus shtatida o‘g‘irlab ketilgan jurnalist Roksana Gusmanning qoldiqlari topildi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, u joriy yilning 2-iyun kuni qurollangan va niqobli shaxslar tomonidan uyidan o‘g‘irlab ketilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar jurnalistni o‘ldirgach, jasadini yonilg‘i to‘ldirilgan bochkada yoqib yuborishga uringan. Keyinchalik huquqni muhofaza qiluvchi organlar hovlidan suyak qoldiqlarini topgan va sud-tibbiy ekspertiza ular Roksana Gusmanga tegishli ekanini tasdiqlagan.
Ushbu jinoyat yuzasidan sakkiz nafar gumonlanuvchi, jumladan to‘rt nafar politsiya xodimi qo‘lga olingan. Tergovga ko‘ra, ular jinoiy guruhga logistik va boshqa yordam ko‘rsatganlikda gumon qilinmoqda.
Article 19 tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda Meksikada kasbiy faoliyati bilan bog‘liq holda kamida ikki jurnalist o‘ldirilgan. Tashkilot mamlakat jurnalistlar uchun hali ham dunyodagi eng xavfli hududlardan biri bo‘lib qolayotganini qayd etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!