$
11783.47 UZS
-14.45
139.70 UZS
1.7
13688.86 UZS
-51
31° Kechasi 18°

Koronavirus: Hammasi qachon tugaydi va dunyo o‘z odatiy hayotiga qachon qaytadi?

13:52 / 10.04.2020

 Uxan – koronavirus markazi – me’yoriy hayotiga qaytayapti: Hukumat harakatni cheklovchi qat’iy taqiqlarini yumshatmoqda, savdo markazlari ish boshlayapti. Yevropa mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib Avstriya o‘z fuqarolariga qo‘yilgan cheklovlarni kamaytirmoqda: ko‘pgina do‘konlarning keyingi haftadan boshlab ochilishi kutilmoqda.   
Ko‘pgina davlatlardagi shifoxonalar bor imkoniyatini qo‘llab davolash ishlarini amalga oshirayotgan, epidemiologlar virus tarqalishini diqqat bilan kuzatayotgan bir paytda Avstriya tajribasi ko‘plab savollarga javob berishi mumkin. Fransiya, Belgiya, Finlyandiya va Ispaniya izolyatsiyadan chiqish rejalari haqida bosh qotirmoqda, biroq tahlilchilar kasallik tarqalishining ikkinchi to‘lqinidan ogohlantirishmoqda

Buning hammasi qachon barham topadi? 

Savol noto‘g‘ri 
Hamma qachon uydan bemalol chiqib, ofislariga qaytish, sayr qilish, istaganicha do‘stlari bilan chaqchaqlashib yurish va boshqa yurtlarga sayohatga ketish mumkinligini bilishni istaydi. Bu savolni noto‘g‘ri qo‘yishdir. New York Times gazetasi bu boradagi savolni boshqacha tarzda berishni taklif etadi: “O‘z-o‘zini izolyatsiya qilishdan chiqish mumkinligini qanday bilib olamiz?”.

Rossiyada ishlanmaydigan kunlar va “cheklangan choralar” kamida 30-aprelgacha saqlanib turadi. Britaniyada amaldagi o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish qoidalari 14-aprelgacha davom etadi, deyilyapti. Ammo koronavirus tarqalishi darajasi hisobga olinadigan bo‘lsa, choralar uzaytirilishi ehtimoli ko‘proq.  

Hozirgi vaqtda har qanday sana – bu taxmin xolos 
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson (ayni paytda u tasdiqlangan Covid-19 diagnozi bilan davolanmoqda) agar odamlar hukumat maslahatlariga amal qilsa, 12 hafta mobaynida vaziyatdan chiqish mumkinligini aytgan edi. Uning taxminicha iyun oyi oxiriga borib epidemiya pasayishni boshlaydi. 
Aprel oyida ham har kuni mamlakatda virus yuqtirgan bir necha ming kishi aniqlanmoqda. Mana shu chorshanba kunining o‘zida 938 bemor vafot etdi. Hatto Britaniya bosh vaziri prognozi amalga oshsa ham, bunday holatda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishni bekor qilib bo‘larmikan?

Javob oddiy: aniqrog‘i, yo‘q. Va mana nima uchun
Uxanda cheklovlar 2 oydan keyin bekor qilindi. Hamma joyda shunday bo‘ladimi? 
Covid-19 tarqalishining o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahri garchi dastlabki kasallanish holati 2019- yilning oxiriga kelib aniqlangan bo‘lsa ham, 23- yanvardan juda qiyin ahvolda qolgan edi. Shaharning bor aholisi uyda qolishi shartligi belgilandi. Metro yopildi, poyezdlar to‘xtadi va samolyotlar uchmay qo‘ydi. Oradan ikki oy o‘tgachgina, 25-martda poytaxti Uxan bo‘lgan Xubey provinsiyasida karantin choralari yumshatildi: yo‘llar ochildi, odamlarga kirish va chiqishga ruxsat etildi, asosiy tashkilotlar, do‘kon va savdo markazlari ish boshladi. 

7-aprel Xitoyda koronavirusdan hech kim vafot etmagan birinchi kun bo‘ldi. Shu kun rasmiy statistikaga ko‘ra, mamlakatda 32 ta virusni yuqtirganlik holati ro‘yxatga olindi va ularning hammasi chetdan kelganlar edi. Xubey provinsiyasining o‘zida esa bironta ham yangi kasal aniqlanmadi. 
Bu 2 oydan keyin boshqa mamlakatlarda ham hayot yana asliga qaytishi mumkinligini anglatadimi?

Unday emas. Birinchidan, g‘arb tahlilchilari Xitoyga oid ma’lumotlarning ishonchli ekanligidan juda ham shubhalanishmoqda. Chunki rasmiy ma’lumotlarda jiddiy buzilishlar tez-tez uchrab turibdi. Koronavirus holati bilan ehtiyot bo‘lishmoqda. Misol uchun, Uxan rasmiylari uzoq vaqtgacha xavfli kasallik avj olgani haqidagi ma’lumotni atayin yashirgan.  Bundan tashqari, o‘tgan haftada CNN Xitoy manbasiga asoslangan holda Uxanga bir necha ming tobut olib kelinganligi haqida xabar tarqatdi. Bu miqdor shaharda rasman koronavirus qurboniga aylanganlar sonidan ko‘p. Time jurnali esa Xitoy o‘zining rasmiy hujjatlarida COVID-19 ga oid ta’riflarni sakkiz marta o‘zgartirganiga e’tiborni tortadi.

Ikkinchidan, Xitoy bayonotlariga qaramasdan, baribir, mamlakat ichkarisida infeksiyaning yuqish holatlari mavjud. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash Milliy komissiyasi virusni yuqtirgan, ammo kasallik belgilari ko‘rinmaganligidan virus tashuvchi bo‘lib qolayotgan odamlar sonini statistikaga kiritmayapti.  Xitoyning aksar aholisi hali virusga qarshi immunitetga ega emas, shuning uchun kasallikning ikkinchi to‘lqini xavfi saqlanib qoladi. 
Koronavirus dunyo bo‘ylab tarqalganligini hisobga olsak, uning Xitoyga tashqaridan kirib kelishi muqarrar ravishda mamlakat ichida qayta tarqalishiga olib keladi, deydi Xitoydagi Duke Kunshan instituti epidemiologi Benjamin Anderson. Virus modelini yaratish bilan shug‘ullanuvchi Florida universiteti epidemiologi Ayra Longini esa “Virus cheklovlar olib tashlangan zahotiyoq  qaytishi mumkin. Men adashgan bo‘lishni istardim, ammo boshqacha bo‘lishini tasavvur qilolmayapman”, deya ogohlantirmoqda. 

Волонтеры в Ухане опрыскивают женщину дезинфицирующим раствором

Qanday yo‘li bor?  
Ani vaqtda izolyatsiyadan chiqishning eng tushunarli va tizimli strategiyasini Amerika tadbirkorlik instituti taklif etdi. Institut ekspertlari 3 ta asosiy qadamdan iborat bo‘lgan “Yo‘l xaritasi”ni yaratishdi.   
1-qadam. Virus tarqalishini to‘xtatish. Pandemiya kirib borgan ko‘pgina davlatlar aynan mana shu bosqichda turibdi. Birinchi qadamni muvaffaqiyatli yakunlash uchun maktab va universitetlar, savdo markazlari va sportzallar yopilgan. Xodimlar masofadan turib ishlashga o‘tgan, odamlardan ko‘chalarda masofa saqlash so‘ralmoqda.     
Bu bosqichda nima qilmoq kerak?   

1. Iloji boricha ko‘proq test qilish va test natijalarini o‘sha kuniyoq olish.
Gospitalizatsiya qilingan bemorlarda, tibbiyot xodimlarida, bemorlar bilan aloqada bo‘lganlarda, shuningdek, belgilari yo‘q odamlarda ham kasallikni aniqlash uchun testlar yetarli bo‘lishi kerak. Tadqiqotchilar virusni yuqtirish kamaya boshlaganda haftasiga kamida 750 ming test kerak, avjiga chiqqanda esa milliondan kam bo‘lmasligi zarur, deb hisoblashmoqda. Hozir AQShda kuniga 65 ming atrofida test qilinmoqda – bu haftasiga taxminan 455 ming, degani. Ayrim shtatlar esa buning juda yaxshi uddalashyapti, shuning uchun ham mamlakat hududlarida kasallanishni aniqlash holati bir tekis emas.

2. Milliy sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish. Buning uchun har 10 ming kishiga besh-yetti sun’iy nafas olish moslamasi (hozir AQShda 3 ta), jonlantirish bo‘limlarida har 10 ming kishiga 5-7 o‘rin (AQShda 2,8 ta) bo‘lishi kerak. Rossiyada bu masalada ahvol bir muncha yaxshi, ammo sog‘liqni saqlash tizimida boshqa muammolar ham bor.   

3. Shifokorlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash. Gap tibbiyot muassasalarining hamma xodimlari uchun bir marta ishlatiladigan tibbiy niqoblarning yetishmasligi, shuningdek, koronavirusni yuqtirib olganlar bilan bevosita aloqaga kirishuvchi shifokorlar uchun N95 standartdagi maxsus niqoblarning kamligi haqida bormoqda.  

4. Kasallanganlar va sog‘lom odamlar o‘rtasidagi aloqalarni keng ko‘lamli kuzatish, potensial kasallanganlarni izolyatsiyaga olish juda ham muhim. Ya’ni, COVID-19 taxmin qilinganlarni darrov izolyatsiya qilish va 14 kun mobaynida har kuni ularning ahvolini nazorat qilib borish shart. Buning uchun mamlakat har kuni minglab holatlarni, aloqalarni kuzatishi kerak.

Keyingi bosqichga qachon o‘tish mumkin?
• Kamida 14 kun ichida yangi holatlar sonini barqaror kamaytirishga erishilsa; 
• Davlat shifoxonalari inqiroz chora-tadbirlariga murojaat qilmasdan gospitalizatsiyaga muhtoj barcha bemorlarni davolay olsa;  
• Barcha odamlarni COVID-19 belgilariga test qilish imkoni bo‘lsa;

• Tashxisi tasdiqlangan barcha odamlarning aloqalarini monitoring qilib borish yaratilsa. 
2- qadam. Har bir hududni navbati bilan ochish. Bu bosqichda maktablarni ochish, biznes bilan shug‘ullanish, ishga qaytish mumkin. Biroq odamlar masofalarni saqlashlari shart bo‘ladi, ommaviy tadbirlarga ruxsat etilmaydi. Bularning hammasi kasallik tarqalishining ikkinchi to‘lqinidan himoyalanish uchun zarur. 60 yoshdan oshgan odamlar xavf guruhiga taalluqli bo‘lganlari tufayli, ijtimoiy aloqalardan cheklanishlari kerak. Shunday bo‘lsa-da, kasallikning takroran avj olishi holatlari paydo bo‘lgan zahoti 1-qadamda ko‘rsatilgan choralarga qaytish zarur bo‘ladi. 

3-qadamga em dori yaratilgandan keyin o‘tish mumkin 
3-qadam
. Ijtimoiy aloqalarga cheklovni olib tashlash. Buni shifokorlar xavf ostida qolgan og‘ir ahvoldagi bemorlarni qutqara olish malakasini egallagandan yoki samarali va xavfsiz em dori yaratilgandan keyin amalga oshirish mumkin.  
Juda uzoq davrga o‘xshaydi. Aslida ham shundaymi?
Ha. Yo‘l haqiqatdan ham uzoq: ayrim tadqiqotchilar, cheklangan choralar 18 oygacha saqlanishi lozim, deya ta’kidlashadi – bu vaqt em dori yaratish va sinovdan o‘tkazish uchun kerak.  

Odamlar bu oylarni o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan holatda o‘tkaza oladilarmi? Chunki bu vaqtda dunyo bo‘ylab juda ko‘pchilik ishsiz qolgani bir yon,  pulsiz ham qolishadi-ku? Londonda Imperiya kolleji professori Nil Fergyuson, 3-4 oydan keyin ayrim cheklovlar olib tashlanishi mumkin, deb hisoblaydi. To‘g‘ri, og‘ir holatlarni nazorat qilish va shifokorlarning hammaga yordam berishga ulgurishlariga imkon berish uchun choralarni ma’lum davr oralig‘ida qayta qo‘llash va yana bekor qilishga to‘g‘ri keladi. 

Aslida Britaniya bu yo‘lni tanlashi mumkin emas, deb hisoblaydi ekspert: tashkilotlar o‘z ishlarini birpasta oyoqqa qo‘yib olishlari juda qiyin, qolaversa, epidemiologlarning talablariga ham bo‘ysunish kerak. Shuningdek, Angliya banki va g‘aznachiligi mamlakatni bankrot qilmasdan 18 oy mobaynida odamlarga kompensatsiya to‘lab tura olarmikan? Sobiq deputat – konservator Nik Boles Times orqali britaniyaliklarga Amerikaning tadbirkorlik instituti tavsiya qilgan “Yo‘l xaritasi”ga e’tibor qaratishlarini va o‘zlarining aniq sxemasini ishlab chiqishni so‘rab murojaat qildi. Toki bu sxema orqali nima qilish kerakligini tushunishsin va o‘z ixtiyorlari bilan amal qilishsin. 

Vaziyatni yumshatuvchi choralarni asta-sekinlik bilan qo‘llash fikri Bolesga ham ma’qul. Faqat, bu tibbiyot xodimlari gospitalizatsiya qilinish sonining va koronavirusdan o‘lim holatining barqaror pasayishiga erishganlaridan, Britaniyaning Milliy sog‘liqni saqlash tizimi barcha bemorlarni davolay olishi aniq bo‘lganidan va mamlakatning har bir fuqarosi o‘zida COVID-19 bor-yo‘qligini test orqali aniqlash imkoni yaralgandan keyin boshlanishi kerak, deb hisoblaydi u. 

Faqat bundan keyin ko‘pchilik odamlar uchun eng qattiq choralarni bekor qilish mumkin. Biroq aholining eng himoyasiz qatlami uchun saqlab qolish zarur. Shunday bo‘lganda ham britaniyaliklar tezda avvalgi hayot tarziga qaytishi kerak emas: masofadan turib ishlash imkoni bo‘lganlar shu tarzda ishlashni davom etishlari kerak, – deb hisoblaydi siyosatshunos. 

Bolesning fikri bilan Britaniya TIV boshlig‘i, ayni paytda qisman mamlakat bosh vaziri vazifasini bajarayotgan Dominik Raabning fikrlari turlicha. U hozircha chiqish strategiyasi haqida o‘ylashga erta. Kasallikning avj nuqtasi “imkon qadar tez” o‘tib ketishi uchun amaldagi qoidalarni bajarishga e’tibor qaratish lozim, deb ishonadi. Britaniyada ayni kunlarda virusga qarshi qo‘llanilayotgan choralar juda qat’iy emas: odamlarga (nafaqat jonivorlar egalariga) kuniga bir marta sayrga chiqishga ruxsat etiladi. Britaniya hukumati maslahatchilari o‘ta jiddiy choralar qo‘llashni rad etishmoqda: ular bunday yondashuv kasallik avj olishini kuzga qoldiradi, deb hisoblashadi.

Germaniyada (mamlakatda koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga boshqalarga qaraganda muvaffaqiyatli yordam berilmoqda) hozir hukm surayotgan umummilliy qiyin vaziyatga 19-apreldan boshlab yengillik berish nazarda tutilgan. Reyter agentligi jurnalistlari hukumatning pandemiya 2021- yilgacha davom etishi mumkinligi haqidagi hujjatlari bilan tanishib chiqdilar. Aynan shu hujjat me’yoriy hayotga bosqichma-bosqich qaytishni ham nazarda tutadi. Misol uchun, karantin tugagandan keyin ham jamoat joylarida niqob taqib yurish majburiyati qoladi.  

Loyiha rejasi, deb yozadi Reyter, Germaniyada koronavirus yuqtirib olgan odamlarning 80 foizidan ko‘prog‘ida diagnoz qo‘yilguniga qadar 24 soat ichidagi aloqalarini aniqlashni nazarda tutadi. Va ular tezda izolyatsiyaga olinadi. Darvoqe, Robert Kox institutining baholashicha, Germaniya hali kasallikning avj pallasiga chiqqani yo‘q – u aprel oyining ikkinchi yarmida kutilmoqda.  

Rossiya 10-14 kundan keyin eng yuqori nuqtaga yetishiga ishonadi. Tibbiy-biologik Federal agentlik boshlig‘i Veronika Skvorsovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kasallikning o‘sishi sutkasiga 18-20 foizni tashkil qilmoqda. U Rossiya kasallikning portlash holatini ushlab qola oldi, deb ishonadi. Mamlakatlar tomonidan ko‘rilayotgan choralar qay darajada zamonaviy va muvaffaqiyatli bo‘lishidan qat’i nazar pandemiyani to‘xtata olmaydi: kimdadir virus saqlanib qolar ekan, hatto kasallikning eng avj davri allaqachonlar o‘tib ketgan joylarda ham yuqtirish ehtimoli saqlanib qoladi.  
 
Amerikaning Atlantic nashri 3 ssyenariyni ko‘radi: birinchidan – barcha mamlakatlar bir vaqtning o‘zida koronavirusni ezib tashlashi kerak (biroq imkoniyatlar juda kam), ikkinchidan – aholining aksar qismida immunitet paydo bo‘lishini kutish kerak va o‘shanda virus o‘z “xo‘jayin”ini topolmaydi (bu variant juda ko‘p o‘limga olib keladi), uchinchidan – mamlakatlar toki em dori yaratilmagunicha kasallik o‘choqlarini bartaraf etgan holda virusga qarshi uzluksiz kurashda davom etadi. Oxirgi variant bir muncha maqbulga o‘xshaydi, biroq u eng uzuni va murakkabi sanaladi.


Navfalbek Boltayev tarjimasi


Bu ham qiziq

Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 mingga yaqin kishi o‘z joniga qasd qiladi. 15–29 yoshdagi yoshlar orasida suitsid 2021-yilda o‘lim saba…
10:22 / 12.09.2026
11-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo bo‘lib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
17:21 / 10.09.2026
Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni YEI sanksiyalaridan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni YEI sanksiyalaridan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya Slovakiyaga qo‘shilib, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanksiya…
12:29 / 12.09.2026
12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari: Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sham…
18:04 / 11.09.2026
O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.

O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.

Endi profilaktik emlash hududda yuqumli kasallik aniqlanib, u faol tarqala boshlagan yoki aholining muayyan qatlamlari yuqti…
17:49 / 11.09.2026
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni jadallashtirish vazifalari belgilandi

Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni jadallashtirish vazifalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiq…
17:39 / 10.09.2026
Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini t…
09:04 / 12.09.2026
Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Prezidentimiz Olmazor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi natijalarini ham…
09:08 / 12.09.2026
Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bir guruh fuqarolarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf o…
10:27 / 12.09.2026
“Umra” ziyoratiga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

“Umra” ziyoratiga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida fuqarolarni “Umra” ziyoratiga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
10:35 / 11.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!