O‘zbekiston iqlim sharoitiga mos transport turini tanlash maqsadida yana bir xorijiy kompaniyaning taklifini “Toshshahartransxizmat” AJ o‘rganib chiqdi. Shunga muvofiq Xitoyning Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektrobus namunasi Toshkentga keltirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabar berdi.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra ZK6128BEVG modelidagi mazkur elektrobus 215 k/vatt bilan harakatlanadi. Bir marta olingan quvvat bilan 300 kilometrdan ziyod masofani bosib o‘tadi. Elektrobus saloni 5 ta kuzatuv kamerasi hamda monitor bilan jihozlangan. Undan tashqari dvigatel qismiga yong‘inga qarshi avtomat tarzda ishlovchi uskuna o‘rnatilgan. Shuningdek, konditsioner, isitish tizimi bilan ta’minlangan.
12 metr uzunlikdagi mazkur elektrobus o‘rtacha 70 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Mazkur elektrobus O‘zbekiston iqlimi sharoitida avtobus yo‘nalishlarida bir necha oy davomida sinovdan o‘tkaziladi. Ushbu transport vositasi joriy yil 7-martdan 51-yo‘nalishda o‘zining dastlabki qatnovini boshlashi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!