Joriy yilning 11-mart kuni soat 13:07da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Ohangaron ko‘chasida joylashgan “Velvut” MChJga qarashli 4 qavatli mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lib, 250 kv.m. maydon yongan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vaziriligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hodisani bartaraf etish maqsadida, Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta Yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan. Qutqaruvchilarning olib borgan harakatlari natijasida soat 13:57da alanga to‘liq o‘chirilgan. Mazkur vaziyatda jabrlangan va halok bo‘lgan insonlar aniqlanmagan.
Ayni damda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!