Nemis pedagogi, kar-soqovlarga ta’lim berish usulining ixtirochisi Samuel Geynike 1727-yil 10-aprelda Tyuringiyada dunyoga kelgan. Quyida Samuel Geynikening oddiy qo‘riqchidan qanday qilib pedagogga aylangani haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
• Avvaliga Drezdenda qo‘riqchi bo‘lib ishlagan Samuel, 1754-yilda kar-soqov talabaga dars berishga qaror qiladi. Uning yutuqlari juda katta bo‘lganligi sababli, o‘zini shu sohaga bag‘ishlashga qaror qiladi.
• U to‘laqonli ta’lim olish uchun ovozli metod va tilni juda muhim hisoblaydi, ammo shu bilan birga barmoq alifbosining ba’zi shakllaridan ham foydalanadi. Samuelning tadqiqotlari va izlanishlari “yetti yillik urush” tufayli to‘xtab qoladi va uni Drezdenga olib ketishadi, ammo tadqiqotchi u yerdan qochishga muvaffaq bo‘ladi.
• 1768-yilda u Gamburgda yashaydi va yana bir kar-soqov bolaga gapirishni o‘rgatadi. Bundan 10 yil o‘tib, 1778-yilda Leypsig (Germaniya)da birinchi kar-soqovlar maktabiga asos soladi va ushbu maktabni umrining oxirigacha boshqaradi. U Leypsigdagi janubiy qabristonga dafn qilinadi va shu shaharda 1881-yil uning sharafiga haykal o‘rnatiladi.
• Olimning ishlarini I.Betskiy kar-soqovlarning bir qismini o‘qitish uchun imkoniyatlar yaratib, davlat xayriya jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan, 1000 nafar bolaga mo‘ljallangan “O‘quv uyi”ga asos solgan holda davom ettiradi.
• Kar-soqovlarni “O‘quv uyi” sharoitida o‘qitish va mehnatga tayyorlash tizimi ancha murakkab bo‘lib, uning qurilishi ma’lum pedagogik tamoyillar asosida amalga oshirilgan.
• Kar-soqov bolalarni tarbiyalashda o‘qituvchilarga nafaqat pedagogik talablar, balki bolalarga insoniy munosabatda bo‘lish, mehr berish va shaxsiy namuna talablari ham qo‘yiladi.
• Eshitish va gapirish bo‘yicha nuqsoni bor bolalarning jismoniy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi, chunki bu bolalarning jismoniy va ruhiy holati g‘amxo‘rlikni talab qiladi. Ta’lim tizimining asosiy qismlari “jismoniy va axloqiy tarbiya hamda mehnatga o‘qitishdir”. Shu asnoda XX asrning ikkinchi yarmida kar-soqovlarni o‘qitish maqsadlari “aqliy va axloqiy rivojlanish, texnik bilimlarni o‘zlashtirishga tayyorlash”, deb belgilandi.
• Eshitish – axborot qabul qilishning eng ikkinchi eng muhim usuli bo‘lib, u orqali biz dunyoni to‘laqonli anglaymiz. Shuning uchun tovushlarni sezish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan yoki deyarli mahrum bo‘lgan odamlar ma’lumotlarni boshqa yo‘l bilan to‘ldirishlari kerak. Shu sababli, mutlaqo kar va eshitish qobiliyati susaygan insonlarni axborot bilan to‘laqonli tayyorlash uchun ma’lumotlarni vizual ravishda ko‘paytirish va ovozni kuchaytirish moslamalari qo‘llaniladi. Bugungi kunda esa har ikkala toifaga e’tibor qaratadigan qurilmalardan foydalanish tavsiya etiladi va buning uchun kundan-kunga yangi texnologiyalar ishlab chiqarilmoqda.
Guljahon Sanjarbekova tayyorladi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!