$
12014.48 UZS
-39.55
166.61 UZS
-0.44
13858.70 UZS
-73.35
31° Kechasi 18°

Meksikada JCH–2026 ochilishi arafasida norozilik namoyishlari boshlandi

11:41 / 11.06.2026

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati boshlanishi arafasida Meksikada minglab o‘qituvchilar norozilik namoyishlarini boshladi. Yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan mamlakat prezidenti Klaudiya Sheynbaum maxsus bayonot bilan chiqdi.Ma’lum qilinishicha, Mexiko shahri markazidagi Sokalo maydonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan FIFA muxlislari festivali norozilik aksiyalari sabab boshqa hududga ko‘chirilishi mumkin.

Tadbir jahon chempionatining ochilish marosimi va ilk uchrashuvi munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda prezidentning ham ishtirok etishi kutilgan edi.Biroq Klaudiya Sheynbaum Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish uchrashuviga bormasligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, vaziyatni yaqindan kuzatish va norozilik namoyishlari bilan bog‘liq holatni nazorat qilish ustuvor vazifa hisoblanadi.Namoyishlarda ishtirok etayotgan o‘qituvchilar davlat pensiya tizimini qayta ko‘rib chiqish, ta’lim sohasi xodimlari uchun amaldagi qonunchilikni o‘zgartirish hamda ish haqlarini oshirishni talab qilmoqda. Ular hukumat talablarni bajarmaguncha aksiyalarni davom ettirishini bildirgan.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar Sokalo maydonida lager tashkil qilishi va festival o‘tkazilishi rejalashtirilgan hududni egallab olishi mumkin. Shuningdek, bir guruh faollar Asteka stadioni yaqinidagi asosiy avtomobil yo‘llaridan birini ham to‘sib qo‘ygan.Rasmiylar jahon chempionati ochilish haftasi davomida ham norozilik aksiyalari davom etishini tasdiqlagan. Agar tadbir Sokalo maydonida o‘tkazilmasa, Mexiko shahri bo‘ylab oldindan tayyorlangan 18 ta muqobil maydondan foydalanish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha JCH–2026 bugun — 11-iyun kuni rasman start oladi. Turnirning ilk uchrashuvida mezbonlardan biri bo‘lgan Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika bilan maydonga tushishi rejalashtirilgan.


Boshqalar


														
														YouTube shaxsiy chatlar funksiyasini qayta ishga tushirmoqda

YouTube shaxsiy chatlar funksiyasini qayta ishga tushirmoqda

YouTube foydalanuvchilar uchun shaxsiy xabar almashish imkoniyatini bosqichma-bosqich qayta joriy etmoqda.
14:56 / 11.06.2026

														
														Firibgarlikda ayblanib, Moldovada qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Firibgarlikda ayblanib, Moldovada qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Moldova poytaxti Kishinyov shahrida qo‘lga olinib, ekstraditsiya tartibida O‘…
12:12 / 11.06.2026

														
														Meksikada JCH–2026 ochilishi arafasida norozilik namoyishlari boshlandi

Meksikada JCH–2026 ochilishi arafasida norozilik namoyishlari boshlandi

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati boshlanishi arafasida Meksikada minglab o‘qituvchilar norozilik namoyishlarini …
11:41 / 11.06.2026

														
														Sirdaryoda chiyabo‘ri 4 kishiga hujum qildi

Sirdaryoda chiyabo‘ri 4 kishiga hujum qildi

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida chiyabo‘ri 4 nafar fuqaroga hujum qildi. Ma’lum qilinishicha, hodisa soat taxminan 1…
11:08 / 10.06.2026

														
														Moskvadagi provokatsion videolar sabab o‘zbekistonlik blogerga nisbatan ish ochilishi mumkin

Moskvadagi provokatsion videolar sabab o‘zbekistonlik blogerga nisbatan ish ochilishi mumkin

Moskvada ijtimoiy tarmoqlar uchun provokatsion videolar suratga olgan o‘zbekistonlik bloger aeroportda qo‘lga olindi.
09:59 / 10.06.2026

														
														Tailand samolyotlarida poverbanklarga yangi qat’iy cheklov joriy etildi

Tailand samolyotlarida poverbanklarga yangi qat’iy cheklov joriy etildi

Tailand Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (CAAT) samolyot bortlarida poverbanklardan foydalanishni taqiqladi. Endilikda yo‘lovc…
02:13 / 06.06.2026

														
														Putin: «Moskvaning Yerevanga faqat bitta iltimosi bor»

Putin: «Moskvaning Yerevanga faqat bitta iltimosi bor»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish masalasida Yerevandan imkon qadar tezroq aniq…
02:01 / 06.06.2026

														
														Rossiya chegaralari yaqinida yadro quroli paydo bo‘lishi mumkin

Rossiya chegaralari yaqinida yadro quroli paydo bo‘lishi mumkin

Litva Vashington bilan o‘z hududida yadro qurolini joylashtirish ehtimolini muhokama qilmoqda.
14:23 / 04.06.2026

														
														Qozog‘iston Eron uranini qabul qilishi mumkin

Qozog‘iston Eron uranini qabul qilishi mumkin

Qozog‘iston Eron yadro dasturi bo‘yicha AQSh va Eron o‘rtasida kelishuvga erishilgan taqdirda, Eronning uran zaxiralarini qa…
14:12 / 30.05.2026

														
														Yevropa Ittifoqi «Temu» platformasini jarimaga tortdi

Yevropa Ittifoqi «Temu» platformasini jarimaga tortdi

Platforma xavfli mahsulotlar savdosini yetarlicha nazorat qilmagani uchun 200 mln yevro miqdorida jarimaga tortildi.
13:57 / 30.05.2026

Bu ham qiziq

Toshkentda temiryo‘lchi kanalda oqib ketayotgan qizni qutqarib qoldi

Toshkentda temiryo‘lchi kanalda oqib ketayotgan qizni qutqarib qoldi

9-iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida temiryo‘l korxonasi xodimi kanal oqimiga tushib ketgan qizning hayotini saq…
14:56 / 10.06.2026
AQSh Eronga yangi zarbalar berdi

AQSh Eronga yangi zarbalar berdi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi Prezident Donald Tramp topshirig‘iga binoan Erondagi bir nechta nishonlarga qarshi “o‘zini himoy…
08:58 / 11.06.2026
Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRIHavo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gac…
17:41 / 11.06.2026
Toshkentdagi “Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi

Toshkentdagi “Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi

Toshkent metropolitenining “Chinor” bekatida rekonstruksiya ishlari boshlanishi munosabati bilan 13-iyundan boshlab stansiya…
15:40 / 10.06.2026
Bolalarga avtomobil boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Bolalarga avtomobil boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan taqdimotda voyaga yetmaganlarga avtomobil boshqarishga ruxsat berilishi bi…
08:24 / 12.06.2026
Farg‘onada gashish sotgan 19 yoshli yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Farg‘onada gashish sotgan 19 yoshli yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullangan
17:45 / 10.06.2026
Sindarov: “Gukeshga qarshi jiddiy tayyorgarlikni Olimpiadadan keyin boshlayman”

Sindarov: “Gukeshga qarshi jiddiy tayyorgarlikni Olimpiadadan keyin boshlayman”

Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bo‘ladigan uchrashuv haqida o‘…
17:05 / 10.06.2026
O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi

O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi

JCH–2026 o‘yinlarini stadionlarda tomosha qilishni rejalashtirgan ko‘plab o‘zbekistonlik muxlislar AQSH vizasini olishda jid…
16:32 / 10.06.2026
3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida oilaviy nodavlat bog‘cha xodimlarining e’tiborsizligi sababli 3 yoshli tarbiyalanu…
12:44 / 11.06.2026
O‘zbekistonda 17 mingta eski uy renovatsiya qilinishi mumkin

O‘zbekistonda 17 mingta eski uy renovatsiya qilinishi mumkin

1991-yilgacha qurilgan 17 mingta turar joyni renovatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun renovatsiya jarayonlarini t…
17:15 / 11.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!