$
11980.36 UZS
-30.09
₽
145.62 UZS
-0.02
€
13134.07 UZS
-66.62
31° Kechasi 18°

50 yoshdan oshgan ayollar o‘tishi kerak bo‘lgan 7 ta muhim tibbiy tekshiruv

12:21 / 19.07.2024

50 yoshdan oshgan ayollar salomatligini saqlash va hayot sifati yuqori bo‘lishi uchun muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tib turishi lozim. Sababi bu yoshda ular ko‘plab kasalliklar va salomatlik muammolariga duch kelish xavfi ostida bo‘ladi. Shu sababli bu yoshda o‘z vaqtida diagnostika va profilaktika muhim ahamiyatga ega.

 Quyida 50 yoshdan oshgan ayollar uchun tavsiya qilinadigan asosiy tibbiy tekshiruvlar haqida ma’lumot beramiz.

1.Ko‘krak bezi saratoni skriningi

Ko‘krak bezi saratonini o‘z vaqtida aniqlash juda muhim. Shu bois 50 yoshdan oshgan ayollar uchun har yili bir marta mammografiya tekshiruvidan o‘tish tavsiya etiladi. Agar oilada ko‘krak bezi saratoni bilan og‘riganlar bo‘lsa, bu tekshiruvni tez-tez o‘tkazish kerak.

2.  Bachadon bo‘yni saratoni skriningi

Ushbu tekshiruv o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan eng xavfli kasalliklardan biri — bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlashga yordam beradi. Biroq ayrim ayollar bu tekshiruvni e’tiborsiz qoldiradi.

Qayg‘uli oqibatlar ko‘pincha bemorlar o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tmaganligi sababli yuzaga keladi. Kolposkopiya bachadon bo‘yni o‘smalarini tashxislash uchun qo‘llaniladi.

3. Osteoporoz diagnostikasi

Menopauza boshlanishi bilan ayollarda osteoporoz (suyaklarning mo‘rt bo‘lishi) xavfi ortadi. Xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi eng samarali tekshiruv suyak densitometriyasidir (suyak zichligini o‘lchash). 50 yoshdan keyin har yili ushbu tekshiruvdan o‘tib turish foydali.

4. Qon bosimi nazorati

Menopauza va u bilan bog‘liq o‘zgarishlar tufayli ayollarda gipertoniya rivojlanishi juda keng tarqalgan. Agar u nazorat ostida bo‘lmasa, xavfli yurak-qon tomir patologiyalari vujudga kelishi mumkin.

5. To‘liq gormonal tekshiruv

Estrogen va testosteron yillar davomida o‘zgarib turadigan asosiy gormonlardir. Biroq boshqa gormonlarni ham muntazam tekshirib turgan yaxshi. Chunki ularning muvozanati metabolizm, miya faoliyati, ishtaha, tana harorati va boshqalarga ta’sir qilishi mumkin.

6. Qonda shakar va xolesterin miqdorini aniqlash

Qonda glyukoza darajasini tekshirish ikkinchi toifa qandli diabetni aniqlashga yordam beradi. Bu ko‘pincha 40-50 yoshdan keyin tashxis qilinadi.

Yomon xolesterin (LDL) uchun o‘z vaqtida va muntazam ravishda qon tahlilini topshirish infarkt va insultning sababi bo‘lgan ateroskleroz (tomirlarning devorlarida blyashka shakllanishi) rivojlanishining oldini oladi.

7. Ko‘z va eshitish tekshiruvlari

Ko‘z va eshitish qobiliyatini saqlash uchun oftalmolog va otorinolaringolog ko‘rigidan o‘tib turish zarur. Ko‘rish va eshitish darajasida o‘zgarishlar aniqlansa, tezda mutaxassisga murojaat qilish tavsiya etiladi.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Putin, Tramp va Si Szinpin uç tomonlama uçraşuv kun tartibini kelişa olmadi — FT

Putin, Tramp va Si Szinpin uç tomonlama uçraşuv kun tartibini kelişa olmadi — FT

Rossiya, AQŞ va Xitoy yetakçilari Vladimir Putin, Donald Tramp va Si Szinpinning 19-noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida öt…
13:59 / 16.11.2026
Saida Mirziyoyeva “Aman Group” va “Capital Group” rahbarlari bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva “Aman Group” va “Capital Group” rahbarlari bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Buxoroda “Aman Group” raisi Vladislav Doronin hamda “Capital Group” direktorlar kengaşi raisi Pavel Tyo bi…
11:02 / 18.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Namanganda 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoşli yigit uşlandi

Namanganda 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoşli yigit uşlandi

Namangan viloyatining Uyçi tumanida telefon ustaxonasiga eşik qulfini buzib kirib, 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoş…
09:47 / 18.11.2026
Yaşnobod hokimligi mahalla raisi 900 dollar bilan uşlangani haqidagi xabarni rad etdi

Yaşnobod hokimligi mahalla raisi 900 dollar bilan uşlangani haqidagi xabarni rad etdi

Yaşnobod tumani hokimligi mahalla raisi tadbirkordan bino ajratib beriş va ijara şartnomasini rasmiylaştiriş evaziga 900 AQŞ…
10:38 / 17.11.2026
Trampga suiqasd uyuştiriş rejasida qatnaşgan pokistonlik 27 yilga qamaldi

Trampga suiqasd uyuştiriş rejasida qatnaşgan pokistonlik 27 yilga qamaldi

Eron hukumati bilan aloqalari bölgan pokistonlik Osif Merçant AQŞ prezidenti Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga…
10:51 / 18.11.2026
Samarqandda çaqaloğini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga şartli jazo tayinlandi

Samarqandda çaqaloğini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga şartli jazo tayinlandi

Samarqand şahrida tört kunlik öğlini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga sud hukmi öqildi. Jinoyat işlari böyiça Samarqa…
10:54 / 18.11.2026
Qirğiziston yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etmoqçi

Qirğiziston yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etmoqçi

Qirğiziston hukumati yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz tartib joriy etişni taklif qilmoqda. Şuningdek, xorijliklarni…
15:10 / 18.11.2026
Qarindoşi va hamkasbini soxta ayblovlar bilan sudlatgan erkak 9 yilga qamaldi

Qarindoşi va hamkasbini soxta ayblovlar bilan sudlatgan erkak 9 yilga qamaldi

Toşkent viloyatining Böka tumanida qarindoşi va hamkasbiga qarşi soxta ayblovlar uyuştirib, ularning sudlanişiga sabab bölga…
09:23 / 18.11.2026
Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçiga yana qamoq jazosi tayinlandi

Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçiga yana qamoq jazosi tayinlandi

Kosovoning sobiq prezidenti Hoşim Taçi guvohlarga bosim ötkaziş va sud jarayoniga tösqinlik qilişda aybdor deb topilib, 1 yi…
10:14 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!