Toshkent shahrida katta miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Operatsiya Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Denov shahrida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan, avval giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan shaxs Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida 1 kilogramm 185 gramm miqdoridagi “gashish”ni sotishga kelishgan.
U mazkur narkotik moddani shartli xaridorga 26 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, kelishilgan summaning 21 ming dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davomida uni Surxondaryodan Toshkentga olib kelgan “Cobalt” avtomobili haydovchisi ham qo‘lga olingan. 1987-yilda tug‘ilgan Denov shahrida yashovchi ushbu shaxs ilgari o‘g‘rilik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan.
Holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!