$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Bolalarning tana haroratini qanday qilib toʻgʻri oʻlchash kerak?

17:49 / 05.10.2022

Tana haroratining koʻtarilishi deyarli barcha bolalarda kuzatiladi. Bunday holatda ota-onalar tana haroratining qanchaga koʻtarilganligini aniqlashi va shifokorga bola ahvolini toʻgʻri ifodalab berishlari uchun uni toʻgʻri oʻlchash juda ahamiyatli hisoblanadi. Uni toʻgʻri oʻlchashni bilib qoʻysak, nazarimizda, zarar qilmaydi.

Odatda, tana haroratining meʼyordan oshishi isitma, deb yuritiladi. Isitma alohida kasallik emas, ammo u baʼzi bir xastaliklarning alomati boʻlishi mumkin. Bola tana haroratining koʻtarilishi nafaqat oʻtkir infeksion kasalliklarda, balki ruhiy zoʻriqish (qoʻrquv, baqirish), kuchli taʼsirlanish, jismoniy harakat oqibatida ham kuzatilishi mumkin. Biroq bolada meʼyoriy holatda ham tana harorati kuniga bir necha marta oʻzgarishi mumkinligini unutmaslik lozim. Goʻdak organizmidagi yalligʻlanish bilan bogʻliq xastaliklarda yuqori tana harorati kun davomida saqlanadi. Kechki uyqu vaqtida esa biroz tushishi kuzatiladi.

Qanday koʻrsatkichlar tana haroratining oshganligini bildiradi?

• Chaqaloqlarda 37,5 darajadan yuqorisi.
• Biroz kattaroq bolalarda 37,2 darajadan yuqori koʻrsatkichlar qayd etilsa, bu tana haroratining koʻtarilganligini anglatadi.


Nima qilish mumkin?

Farzandingizning tana haroratini kuniga 2-3 martalab oʻlchashning foydasi yoʻq. Negaki, oʻlchash davomida aniqlangan turli koʻrsatkichlar organizmning infeksiyaga qarshi kurashayotganligini anglatadi va birorta bir jiddiy muammoni ifodalamaydi. Bundan tashqari, shifokorlarni ham termometrda qayd etilgan raqamning oʻzi emas, balki isitmaning qancha vaqt saqlanganligi va issiq tushiruvchi dorilardan keyin qanchaga oʻzgarganligi qiziqtiradi.

Isitmani paypaslash orqali tekshirish notoʻgʻri

Aksariyat ota-onalar bola isitmasi bor yoki yoʻqligini qoʻl kafti bilan paypaslagancha aniqlaydi. Ammo bu notoʻgʻri. Chunki insonning kaft va barmoqlari tashqi muhit havosiga mos ravishda oʻzgaradi. Issiq boʻlsa, ular isiydi, sovuq boʻlsa, soviydi. Tana haroratini faqatgina termometr bilan oʻlchash maqsadga muvofiqdir.

Tartibi qanday?

1. Bola tana haroratini oʻlchashdan oldin termometr shkalasidagi simob ustunining belgilangan yerdan pastda ekanligiga eʼtibor bering. Bir yoshgacha boʻlgan bolalarning tana haroratini rektal deb nomlanuvchi termometrda oʻlchash maqsadga muvofiqdir. Bunday termometrning boshchasi katta va yumaloqligi sabab oʻlchashda qulaylik tugʻdiradi.
2. Termometr boshchasiga vazelin yoki oʻsimlik yogʻi surtiladi.
3. Bola chap yonboshiga yotqiziladi va dumbasi biroz kerilgan holatda termometrni toʻgʻri ichakka aylanma harakatlar bilan 2-3 sm. chuqurlikda kiritiladi.
4. Bola tana haroratini uch daqiqadan kam oʻlchamaslik kerak.
5. Termometrda aniqlangan raqamlar, albatta, qogʻozga qayd etilishi lozim.
6. Shifokorga murojaat etganingizda tana haroratini oʻlchashda soʻnggi marotaba qayd etilgan raqamni va oʻlchash vaqtini aytishni unutmang.


Foydali


														
														Telefonlarning hayotimizga va ruhiyatimizga ta’siri

Telefonlarning hayotimizga va ruhiyatimizga ta’siri

Mobil telefonlar allaqachon hayotimizning ajralmas qismiga aylanishga ulgurgan. Kun davomida bu qurilma qo‘limizda turadi.
15:23 / 23.01.2025

														
														Zumerlar aslida kim?

Zumerlar aslida kim?

Bugungi axborot davrida ko‘plab yangidan yangi atamalar paydo bo‘lmoqda yoki eski atamalar ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanis…
10:31 / 23.11.2024

														
														Temuriy malika Gulbadanbegim kim edi?

Temuriy malika Gulbadanbegim kim edi?

Temuriylar sulolasi deganda judayam katta tarix ko‘z oldimizga keladi. Temuriylar sulolasi tarixda ikkita muhim imperiya – E…
16:54 / 13.11.2024

														
														Odamlar is gazidan nega zaharlanadi?

Odamlar is gazidan nega zaharlanadi?

FVV mas’uli qanday qilib is gazidan zaharlanish yuzaga kelishi hamda u nega inson o‘limiga olib kelishini tushuntirdi.
11:02 / 09.11.2024

														
														Tabiiy mahsulotlar yordamida ona sutini ko‘paytirish mumkin

Tabiiy mahsulotlar yordamida ona sutini ko‘paytirish mumkin

Yangi oq uzum. Bir kunda ikki hissa yangi oq uzum iste’mol qilish ona sutini ko‘paytiradi.
15:18 / 02.11.2024

														
														Baliq yeyishning foydalarini bilib oling

Baliq yeyishning foydalarini bilib oling

Haftasiga 2 bo‘lak baliq go‘shti iste’mol qilganlarda o‘lim xavfi 3 martadan 1 martagacha kamayishi mumkin. Yurak kasallikla…
15:15 / 02.11.2024

														
														Ovqatni yaxshilab chaynab yeyishning foydalarini bilib oling

Ovqatni yaxshilab chaynab yeyishning foydalarini bilib oling

Taomni yaxshi chaynagan, kam chaynaganga nisbatan kam yeb-ichadi. Chunki taom quvvatini kamchiliksiz qabul qilgan bo‘ladi.
11:33 / 31.10.2024

														
														Barmoqlaringizni massaj qilib turing, chunki…

Barmoqlaringizni massaj qilib turing, chunki…

Bosh barmoq massaj qilinganda, miya faoliyati kuchayadi va bosh og‘rig‘i yengillashadi;Ko‘rsatkich barmoq massaj qilinganda …
11:10 / 28.10.2024

														
														Kundalik hayotingizda qancha miqdorda go‘sht yeyishingiz kerakligini bilib oling

Kundalik hayotingizda qancha miqdorda go‘sht yeyishingiz kerakligini bilib oling

Go‘sht iste’mol qilishning normasi turli omillarga, jumladan yosh, jismoniy faollik darajasi va umumiy sog‘lig‘ingizga bog‘l…
10:56 / 28.10.2024

														
														Ibn Sino non haqida nimalar degan edi?

Ibn Sino non haqida nimalar degan edi?

Non tuzli, yaxshi oshirilgan bo‘lishi, tandirda yaxshi pishirilishi, bir kechadan keyin yeyilishi kerak.
17:37 / 27.10.2024

Bu ham qiziq

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

“O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A. Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi”, –…
17:00 / 28.06.2025
29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
15:05 / 28.06.2025
Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal…
16:46 / 29.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Chelsi” “Benfika”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Chelsi” “Benfika”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi “Benfika” — “Chelsi” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqar…
09:30 / 29.06.2025
UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

Topuriya yengil vaznning yangi chempioniga aylandi.
10:06 / 29.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetk…
16:24 / 29.06.2025
Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot”…
13:08 / 28.06.2025
1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
13:11 / 29.06.2025
Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan ma’lumot berildi

Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan ma’lumot berildi

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi bunga rasmiy munosabat bildirdi.
09:53 / 28.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!