O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan onlayn murojaat qilish imkonini beruvchi portal ishga tushiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 21-sentabrdagi “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi davlat organlari va tashkilotlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda boshqa korxona va tashkilotlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portalini ishga tushirish belgilangan.
Portal orqali:
tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha onlayn murojaatlar qabul qilinadi;
mansabdor shaxslar yoki mas’ul xodimlar tomonidan sodir etilgan holatlar haqidagi murojaatlar yuqori turuvchi tashkilotlarga avtomatik yuboriladi;
murojaatlarni tekshirish, dalillarni to‘plash va xulosalar tayyorlash jarayonlari amalga oshiriladi;
tekshiruvlar va ularning natijalari, ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlar saqlanadi;
ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari aniqlangan holatlarda murojaatlar “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali vakolatli organlarga yuboriladi.
Bundan tashqari, Boshqaruv samaradorligi agentligiga portal orqali aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolati beriladi.
Qarorda ish joyidagi zo‘ravonlik va tazyiq holatlariga nisbatan mehnat intizomi doirasida tegishli choralar ko‘rish ham nazarda tutilgan.
Jumladan, jinsiy yoki jismoniy zo‘ravonlik hamda shahvoniy shilqimlik mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol buzish sifatida baholanishi mumkin.
Xodimga nisbatan tazyiq, ruhiy bosim, kamsitish yoki murojaati sababli ta’qib qilish holatlarini esa mehnat intizomini buzish s
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!