Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ma’sud Pezeshkiyan Yevropa Ittifoqi Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan telefon orqali muloqot qildi.
Eron prezidentining axborot xizmati yozishicha, suhbat davomida atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik(MAGATE) o‘rtasidagi hamkorlik hamda Eron va Isroil o‘rtasida 12 kun davom etgan urush muhokama qilindi.
Ma’sud Pezeshkiyan o‘z so‘zlari davomida MAGATE bilan hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Eronga qarshi keyinchalik uyushtiriladigan har qanday tajovuz afsuslanarli javob bilan kutib olinishini qo‘shimcha qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!