$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

Flydubai samolyotini egallab olishga urinish vaqtida og‘ir jarohatlangan kapitan Smit Machchhar voqea haqida ilk bor gapirdi.

09:29 / 03.10.2026

Hodisa 30 sentyabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan FZ 1073 reysi bortida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi pilot kabinada kapitan Machchharga hujum qilgan. To‘qnashuv vaqtida samolyot boshqaruvini yo‘qota boshlagan.

Machchharning aytishicha, u og‘ir jarohatlanganiga qaramay, qarshilik ko‘rsatishda davom etgan. Chunki u vaziyat nazoratdan chiqsa, bortdagi barcha yo‘lovchilar hayoti xavf ostida qolishini tushungan.

“Men o‘sha paytda hayotim uchun kurashayotgan edim. Og‘ir jarohat olib, yiqilib tushdim. O‘shanda xayolimdan: ‘Agar yana oyoqqa tura olmasam-chi?’ degan fikr o‘tdi”, — dedi uchuvchi Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan videomuloqotda.

“Samolyot pastga sho‘ng‘iyotganini his qildim”

17 yildan beri parvoz qilayotgan, shundan 11 yil davomida havo kemasi komandiri bo‘lib ishlagan Machchhar samolyotdagi vaziyatni kabina polida yotgan holatda ham anglaganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot pastga sho‘ng‘iy boshlaganini sezgan va vaziyatning oqibati qanday bo‘lishini tushungan.

“Polda yotganimda samolyot pastga sho‘ng‘iyotganini his qildim. Buning nima bilan yakunlanishini tushunib turardim. Eshik juda yaqin edi. Meni kaltaklashda davom etishayotganiga qaramay, eshikni ochdim. Shundan so‘ng ichkariga boshqalar kirib keldi”, — dedi u.

Kapitan yo‘lovchilarning harakatlari ham hodisaning og‘ir oqibatlar bilan yakunlanishining oldini olishda muhim bo‘lganini ta’kidladi.

“Ularning voqeadagi roli menikidan kam bo‘lmadi. Men o‘z hayotimni saqlab qolish uchun harakat qildim. Ammo shuncha odamning halok bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasligimni ham tushunardim”, — dedi Machchhar.

Samolyot Saudiya Arabistoniga qo‘ndi

Voqea vaqtida bir necha yo‘lovchi kabinaga kirib, hujumchini zararsizlantirishga uringan. Keyinchalik samolyot boshqaruvini bortdagi boshqa uchuvchilar o‘z zimmasiga olgan.

Havo kemasi Saudiya Arabistoniga favqulodda qo‘ndirildi. Og‘ir jarohatlangan Machchharga dastlab Saudiya Arabistonida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Keyinchalik u Abu-Dabidagi shifoxonaga olib o‘tilgan va davolanishni davom ettirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchi hodisa vaqtida ko‘p miqdorda qon yo‘qotgan va turli og‘ir jarohatlar olgan.

Ikkinchi pilot bo‘yicha tergov

Hujumda gumon qilinayotgan ikkinchi pilot ham Saudiya Arabistonidan BAAga olib o‘tilgan. Unga nisbatan terrorizm moddasi bo‘yicha tergov olib borilayotgani ma’lum qilingan.

BAA Prezidentining diplomatik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Anvar Gargash hodisani “xavfli terrorchilik harakati” deb atagan.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa gumonlanuvchi Ummon fuqarosi ekanini bildirgan. Biroq uning shaxsi rasman oshkor qilinmagan. Hujum sababi, shuningdek, voqea vaqtida qanday qurol ishlatilgani ham hozircha rasman aniqlashtirilmagan.

Netanyaxu hujumchi pichoq yoki bolta ishlatgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Hodisa tafsilotlari tekshirilmoqda

Voqeadan so‘ng samolyot bortidan olingan dastlabki foto va videolar ijtimoiy tarmoqlar hamda OAVda tarqalgan. Shuningdek, dastlab uchuvchilarning fuqaroligi va hodisaning sabablari bo‘yicha turli versiyalar ilgari surilgan.

Keyinchalik jarohatlangan kapitan Hindiston fuqarosi Smit Machchhar ekani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquq-tartibot idoralari samolyot bortida yuz bergan voqeaning barcha tafsilotlarini, hujum sababi va gumonlanuvchining harakatlarini o‘rganmoqda.


O‘zbekiston


														
														Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoyning Xenan provinsiyasida restoranlar tarmog‘i rahbari Ma Yanli yuqori natijalarga erishgan xodimlariga BMW rusumli avt…
15:49 / 10.10.2026

														
														Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida akademik ta’til olish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilib, 500 A…
13:03 / 10.10.2026

														
														Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi Sutxida Shvetsiyada ishlab chiqarilgan JAS 39C Gripen ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotida ilk mustaqil pa…
09:37 / 10.10.2026

														
														Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda sintetik giyohvandlik moddalarini tarqatishda gumonlangan shaxs ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lumo…
09:35 / 10.10.2026

														
														Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida FAW rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘i…
09:33 / 10.10.2026

														
														Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Keti Zaxariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaganini e’lon qildi. U avgust oyi oxi…
09:29 / 10.10.2026

														
														Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk bor 2027-yil 4–5-fevral kunlari “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro kontent bozori o‘tkaziladi. Tadbir…
09:22 / 10.10.2026

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish ha…
17:06 / 09.10.2026

														
														O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026

														
														“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar…
14:45 / 09.10.2026

Bu ham qiziq

“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 2-bosqich talabasi Amina Mahmudova Turkmanistonda o‘tkazilgan “Tatar…
12:43 / 09.10.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

6–8-oktabr kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining urug‘chilik masalalari bo‘yicha Hukum…
17:27 / 08.10.2026
Talabalar issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Talabalar issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Toshkent davlat texnika universiteti talabalari boshqa yotoqxonalar va ijara xonadonlariga joylashtirildi.
09:09 / 08.10.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish ha…
17:06 / 09.10.2026
Toshkent viloyatida eskirgan va yaroqsiz avtotransport vositalariga tegishli davlat raqam belgilari topshirilmoqda

Toshkent viloyatida eskirgan va yaroqsiz avtotransport vositalariga tegishli davlat raqam belgilari topshirilmoqda

Foydalanish imkoniyati yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan avtomobillar davlat ro‘yxatidan chiqarilib, ularga tegishli davlat r…
09:26 / 09.10.2026
Mirziyoyev Markaziy Osiyoda energetika, suv va texnologik hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi

Mirziyoyev Markaziy Osiyoda energetika, suv va texnologik hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida energetika…
16:37 / 08.10.2026
Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro ushlandi

Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro ushlandi

Andijon viloyatida fuqaro O‘zbekistondan Qirg‘izistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan 64 ming AQSH dollarini paypog‘iga yash…
15:07 / 08.10.2026
Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026
“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar…
14:45 / 09.10.2026
Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida akademik ta’til olish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilib, 500 A…
13:03 / 10.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!