Rossiyaning janubiy hududlaridan birida mehnat faoliyati davomida og‘ir jarohat olgan O‘zbekiston fuqarosi D.U. vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisa oqibatida fuqaro turli darajadagi tan jarohatlarini olgan va mahalliy tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. U yerda unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Fuqaroning O‘zbekistonga qaytarilishi masalasi O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan.
Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, D.U.ni tibbiy evakuatsiya qilishga qaror qilingan. Uni kuzatib borish uchun O‘zbekistondan ikki nafar tibbiyot mutaxassisi Rossiyaga yuborilgan. Mutaxassislar parvoz davomida fuqaroning sog‘lig‘i holatini nazorat qilib borgan.
Tashkiliy ishlar yakunlangach, D.U. shifokorlar hamrohligida Mineralniye Vodi – Toshkent aviareysi orqali O‘zbekistonga olib kelingan.
Avvalroq O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magida og‘ir ahvolda qolgan ona uch nafar farzandi bilan Turkiyadan O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!