Joriy yilning 3-oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-5-oktyabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
3-4-oktyabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 4-5-oktyabrda respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanadi.
Havo harorati asta-sekin kunduz kunlari 15-20 darajagacha, kechalari 5-10 darajagacha, shimolda kunduz kunlari 12-17 darajagacha, kechalari 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.
3-4-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida chang-to‘zonlar bilan 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-6-oktyabrda respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!