Google kompaniyasi va Irlandiyaning Ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi (DPC) o‘rtasidagi olti yillik nizo kompaniyaga 403 million yevro jarima solinishi bilan yakunlandi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
DPC Google foydalanuvchilarning joylashuv ma’lumotlarini qayta ishlash va saqlashda Yevropa Ittifoqining Ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha umumiy reglamenti (GDPR) talablarini buzganini aniqlagan.
Tekshiruv davomida Google’ning “Internet va ilovalardagi harakatlar”, “Joylashuvlar tarixi” va “Joylashuv aniqligi” funksiyalari o‘rganilgan.
DPC xulosasiga ko‘ra, kompaniya foydalanuvchilarning joylashuv ma’lumotlarini qayta ishlashda qonuniylik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilganini yetarli darajada asoslay olmagan.
Shuningdek, regulyator Google ushbu ma’lumotlarni zarur bo‘lganidan uzoqroq muddat saqlaganini aniqlagan.
Jarimadan tashqari, Google’ga ma’lumotlarni qayta ishlash amaliyotini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish uchun olti oy muddat berilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!