Namangan shahrida Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi vazifasini bajaruvchi xodim 1 500 AQSH dollari miqdoridagi porani olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda X.D. xizmat xonasida qo‘lga olingan. U Yangi Namangan tumani hududidagi 4 sotix yer maydonini fuqaro X.O.ga uy-joy qurish uchun ajratish va hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 1 500 AQSH dollari talab qilgan.
X.D. mazkur mablag‘ni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Qayd etilishicha, u muqaddam sudlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!