Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressda nutq so‘zladi.
U o‘z nutqida dunyoda yuz berayotgan inqirozlar bir mintaqadan boshqasiga tarqalayotgani, jinoyatchilik shakllari esa o‘zgarib borayotganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, jinoyatchilik chegaralarni oson kesib o‘tmoqda va yangi texnologiyalardan foydalanmoqda.
Saida Mirziyoyeva jinoyatchilikning oldini olish va odil sudlov masalalari inson hayotidan yiroq, mavhum tushunchalarga aylanib qolmasligi kerakligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu yo‘nalishdagi ishlar har bir inson hayotida o‘z aksini topishi lozim.
Nutq davomida jinoyatchilik oqibatida zarar ko‘rayotgan insonlar, jumladan, internetdagi ekspluatatsiyaga uchrayotgan bolalar va zo‘ravonlikdan aziyat chekayotgan ayollar masalasiga ham e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!