Saida Mirziyoyeva Namanganda yuz bergan fojia yuzasidan munosabat bildirdi.
“Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berishdi. Bo‘lgan voqeani eshitib, g‘azabim ichimga sig‘may ketdi”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
Uning ta’kidlashicha, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish kerak.
“Amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan. Shu bois javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz”, — dedi u.
Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berilgan. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi.
Shuningdek, beparvoligi bilan ushbu jinoyatga yo‘l ochgan va bolani asray olmagan mas’ullar ham javobgarlikka tortilishi ta’kidlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!