O‘zbekiston 2031-yilda Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha navbatdagi kongressga mezbonlik qiladi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, Abu-Dabida o‘tkazilgan 15-kongressda dunyoning turli mamlakatlaridan qariyb 5 ming nafar vakil ishtirok etgan. Tadbirda transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotrafik, korrupsiya va ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, bolalarni himoya qilish hamda qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.
Kongress doirasida Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan uchrashgan. Uchrashuvda BMTning mazkur tuzilmasi bilan hamkorlik va qo‘shma loyihalar muhokama qilingan.
Barcha ishtirokchi davlatlar navbatdagi kongressni O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan. Mazkur qaror yakuniy deklaratsiyada ham o‘z aksini topgan. Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, 2031-yilgacha kongressni o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!