O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva uchrashuv davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAA Prezidentiga samimiy tilaklarini yetkazdi.
Muloqotda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirish mavzusiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Saida Mirziyoyeva BAA Prezidentiga ko‘rsatilgan ehtirom va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!