Toshkent xalqaro aeroportida umumiy qiymati 227 million so‘m bo‘lgan 14 ta iPhone smartfonini deklaratsiyada ko‘rsatmasdan olib kirishga uringan uch nafar yo‘lovchi aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20–22-sentabr kunlari Dubaydan uchib kelgan yo‘lovchilar 8 ta yangi iPhone 18 va 6 ta iPhone 17 smartfonini olib kirishga uringan. Qurilmalar bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ham, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ham ko‘rsatilmagan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslar o‘z ehtiyoji uchun ikkitagacha mobil qurilma olib kirishi mumkin. Ularning qiymati bojsiz olib kirish me’yoridan oshsa, oshgan qismiga 30 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi. Chetdan olib kirilayotgan mobil qurilmalar yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilishi shart. Deklaratsiya qurilmani UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, deklaratsiyada ko‘rsatilmagan telefonlar uchun ularning to‘liq qiymatidan 30 foiz to‘lov undiriladi. “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan yil boshidan buyon umumiy qiymati 7,8 milliard so‘mlik 162 ta mobil qurilmaning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgan. Mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!