Turkiyada komik Deniz Ko‘ktosh prezidentni haqorat qilish va diniy qadriyatlarni ochiqchasiga haqorat qilishda ayblanib, sud qilinadigan bo‘ldi. U 12 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda “Sözcü” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ko‘ktosh 3-iyul kuni qo‘lga olingan. U 28-avgust kuni ozod qilingan, biroq keyinchalik yana hibsga olingan. Komik 88 kunlik vaqtinchalik hibsdan so‘ng 28-sentabr kuni sud zaliga olib chiqilishi kutilmoqda.
Unga Turkiya Jinoyat kodeksining 299-moddasi bo‘yicha “prezidentni haqorat qilish”, shuningdek, 216-moddaning 3-qismi bo‘yicha “aholining bir qismi e’tiqod qiladigan diniy qadriyatlarni ochiqchasiga haqorat qilish” ayblari qo‘yilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat ishi Ko‘ktoshning Istanbuldagi “Harbiye Cemil Topuzlu” ochiq havo teatrida namoyish etgan va keyinchalik YouTube platformasiga joylagan “O‘lik dengiz” nomli stendap dasturidagi siyosiy hajvlari sababli qo‘zg‘atilgan. Unda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va diniy mavzularga oid hazillar bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!