O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan kredit, muddatli to‘lov va nasiya savdoga oid reklamalarda tovar yoki xizmatning yakuniy narxi hamda qo‘shimcha to‘lanadigan summani aniq ko‘rsatish majburiy etib belgilanmoqda. Bu tartib Prezidentning 15-iyuldagi PQ-265-son qarori bilan belgilandi.
Qarorga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Markaziy bank manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar ushbu talablarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Shuningdek, yangi tartib asosida moliyaviy xizmatlar reklamalarida kelgusidagi foyda yoki samaradorlik bo‘yicha asossiz va chalg‘ituvchi va’dalar berish ham cheklanadi. Agar bunday natijalarni shartnoma tuzilayotgan paytda aniq belgilashning imkoni bo‘lmasa, reklamada ularni kafolatlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!