AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat kasalligi tarqalishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, Rossiyaga yordam taklif qildi. Bu haqda CNBC xabar berdi.
5-oktyabr kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Tramp o‘latni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Irkutsk ilmiy-tadqiqot instituti xodimining vafoti yuzasidan fikr bildirdi. “ Biz yordam beramiz. Biz hamisha shu kabi muammolarga duch kelganlarga yordam qo‘lini uzatamiz”, dedi u.
Tramp mazkur hodisani Rossiya rasmiylari bilan muhokama qilmaganini, biroq o‘latni “og‘ir kasallik” deb ataganini bildirdi. AQSH Davlat departamenti esa vaziyat Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari hamda boshqa idoralararo hamkorlar bilan birgalikda kuzatilayotganini ma’lum qildi. Departament ko‘plab tafsilotlar hali tasdiqlanmaganini qayd etdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham o‘lim sababini hozircha tasdiqlamagan. Tahlillar davom etayotgani, tashkilot Rossiya rasmiylari bilan aloqada ekani va zarur bo‘lsa, yordam taklif qilgani bildirilgan. JSST mavjud ma’lumotlar asosida aholi uchun xavf darajasini past deb baholagan.
Rossiya rasmiylariga ko‘ra, 29-sentyabr kuni Irkutsk o‘latga qarshi kurashish instituti xodimasi og‘ir pnevmoniya alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va 1-oktyabrdan 2-oktyabrga o‘tar kechasi vafot etgan. Rospotrebnadzor bemorga “kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya” tash xisi qo‘yilganini bildirgan. Uning o‘latdan vafot etgani rasman tasdiqlanmagan.
Hodisa ortidan marhuma bilan muloq otda bo‘lgan 189 kishi aniqlanib, shifoxonaga joylashtirilgan. Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev ularda kasallik belgilari aniqlanmaganini ma’lum qilgan.
Voqealar fonida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ehtiyot choralarini kuchaytirgan. O‘zbekistonda o‘ta xavfli infeksiyalarning kirib kelishining oldini olish maqsadida mas’ul xizmatlarning shayligi oshirilgan. Hozircha Rossiya rasmiylari Irkutskdagi o‘lim hol atini o‘lat bilan bog‘laganini tasdiqlamagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!