Qarshi shahrida 97 nafar soliq to‘lovchidan soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olingan 122,6 million so‘m mablag‘ ularning shaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinmasdan o‘zlashtirilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi shahar bo‘limi ma’lum qildi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida Qarshi shahar soliq inspeksiyasining davlat soliq bosh inspektorlari M.A., Sh.T. va boshqalar fuqarolardan mazkur mablag‘larni olgani aniqlangan.
Departament ma’lumotiga ko‘ra, pullar soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinmagan va o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!