Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Yakshanba kuni poytaxtda yomg‘ir yog‘ishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Maxsus komissiya shamol 14 metr/soniyagacha kuchayib, havoda PM10 chang zarrachalari ortishidan ogohlantirdi.
Ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiya 4-oktyabr kuni Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishidan oldin qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Global ob-havo modellari va «O‘zgidromet» prognozlariga ko‘ra, poytaxt hududiga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Shu sababli shamol tezligi 3–8 metr/soniyagacha, ayrim hududlarda esa 10–14 metr/soniyagacha kuchayishi ehtimoli mavjud.
Kuchaygan shamol oqibatida ayrim joylarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi va atmosfera havosida chang zarrachalari, xususan, PM10 konsentratsiyasi miqdori qisqa muddatga ortishi mumkin.
«Hozirda atmosfera havosi sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda», – deyiladi xabarda.
Avvalroq «O‘zgidromet» 3−5-oktyabr kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib kelishi, yomg‘ir yog‘ib, tog‘larda qorga aylanishi, shamol tezligi 22 metr/soniyagacha kuchayishi haqida xabar bergandi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!