Jizzax viloyatida 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish bo‘yicha ayblanuvchi R.A. qidiruvga berilganidan bir kun o‘tib, o‘zi yashagan xonadonda o‘lik holda topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni jabrlanuvchi bolaning onasi arizasi asosida Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 3-oktyabr kuni sud ajrimiga asosan R.A.ga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, u qidiruvga e’lon qilingan.
Tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida R.A.ning murdasi 4-oktyabr kuni o‘zi yashagan xonadonda arqonga osilgan holda topilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Bu holat Namangan viloyatida 5 yoshli tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqidagi ish ortidan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasiga e’tibor kuchaygan bir paytda yuz berdi. Mazkur ish bo‘yicha gumonlanuvchi K.M. ushlangan va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Shuningdek, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun hujjatlari ma’qullangan. Unga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi nazarda tutilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!