Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan juda ko‘p miqdordagi firibgarlikni sodir etganlikda gumon qilinib, xalqaro qidiruvga berilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida uning Gruziya hududida ekani aniqlangan. O‘zbekiston va Gruziya Interpol Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida qidiruvdagi shaxs Gruziyaning vakolatli organlari tomonidan qo‘lga olingan.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan. Zarur huquqiy tartib-taomillar yakunlangach, fuqaro O‘zbekistonga topshirilgan.
Qidiruvdagi shaxs O‘zbekistonga olib kelinib, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda keyingi protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2-oktyabr kuni odam savdosi bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!