Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining 2026-yil 5-oktabrdagi hukmiga ko‘ra, “Sirojiddin media” MChJ rahbari Adilov Sirojiddin Sayfiddinovich bir fuqaroga nisbatan tovlamachilik hamda ikki fuqaroga nisbatan xizmat mavqeidan foydalangan holda takroran firibgarlik sodir etganlikda aybli deb top ilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Sud muhokamasi davomida S. Adilov D. Shamsiyevning 12 mln so‘m pulini tovlamachilik, G. Jumaniyozovaning 30 mln so‘m va R. Xudoynazarovaning 33 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo ‘lga kiritgani to‘liq isbotlangan. Yetkazilgan jami 75 mln so‘mlik zarar S. Adilov tomonidan qoplangan.
Sud ma’lumotiga ko‘ra, jinoyat ishi yurituvi davomida S. Adilovning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati yuzasidan unga biron-bir ayblov qo‘yilmagan. Ayblov uning boshqa fuqarolarning mulkini firibgarlik va tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani bilan bog‘ liq.
Birinchi instansiya sudining hukmiga faqat yuqori instansiyada protsessual tartibda baho berilishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!