Toshkent viloyatida nufuzli banklardan birining mintaqaviy markazida bo‘lim boshlig‘i 100 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmat ining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, DXX viloyat boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda bankning Mahallabay va davlat dasturlari bilan ishlash bo‘limi bosh lig‘ining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.
Tergovga ko‘ra, u 2024-yilda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan elektron onlayn auksion orqali uning otasiga chorvachilik maqsadida foydalanish uchun ijara huquqi asosida sotilgan, Quyichirchiq tumani hokimligi balansidagi 16,05 gektar yer maydonini sotish hamda hokimlik zaxirasidagi 4 gektar yerni mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga xaridordan jami 4 million 250 ming AQSH dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida u so‘ralgan mablag‘ning 100 ming AQSH dollarini oldindan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan .
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!