Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlargaaro R.U. “Yangiboston” MFY hududidagi baliq boqishga mo‘ljallangan ko‘lida elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridanada baliqchi 547 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida fuqaro elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 547,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Yozyovon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.U. “Yangiboston” MFY hududidagi baliq boqishga mo‘ljallangan ko‘lida elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangani aniqlangan.
Oqibatda u 547,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!