Toshkentda avtobusni harakatlanish vaqtida eshiklarini yopmasdan boshqargan haydovchiga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchining yo‘lovchilar xavfsizligiga oid talablarni buzganligi yuzasidan murojaat tarqalgan. Mazkur holat mas’ullar tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganish davomida joriy yilning 4-oktyabr kuni haydovchi O. E. texnik soz avtobusni harakatlanish vaqtida eshiklarini yopmasdan boshqargani va lavozim yo‘riqnomasi talablarini buzganligi aniqlangan.
Shundan so‘ng, 5-oktyabrdagi 88-son buyruqqa asosan haydovchiga nisbatan intizomiy chora ko‘rilib, oylik ish haqining 10 fo izi miqdorida jarima qo‘llangan.
“Toshshahartransxizmat” AJ yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, avtobuslardan foydalanish qoidalariga rioya etish va haydovchilarning xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishi doimiy nazoratda ekanini bildirdi. 12-avtobus saroyi rahbariyati esa yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘rab, bunday holatlarning oldini olish maqsadida nazorat kuchaytirilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!