Vashington shtati gubernatori Bob Ferguson O‘zbekistonning Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi ochilishi munosabati bilan mamlakatimizni tabrikladi.
Gubernator Vashington shtati xalqi nomidan yo‘llagan tabrigida yangi diplomatik vakolatxona ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.
Uning qayd etishicha, Bosh konsulxonaning faoliyati savdo va investitsiyalar, texnologiyalar va innovatsiyalar, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, madaniyat hamda turizm kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Bob Ferguson kelgusida O‘zbekiston bilan Vashington shtati o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni gubernator sifatida katta umid bilan kutayotganini bildirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!