2026-yilning yanvar–iyun oylarida 5 422 nafar O‘zbekiston fuqarosi doimiy yashash maqsadida xorijiy davlatlarga ko‘chib ketgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 129 nafarga yoki 2,3 foizga kamaygan.
Xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston va Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan. Jumladan, ko‘chib ketganlarning 83 foizi Qozog‘istonga, 14,1 foizi Rossiyaga yo‘l olgan. Shuningdek, 0,8 foizi Koreyaga, 0,6 foizi Qirg‘izistonga ko‘chib ketgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p ko‘chib ketish Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan — 1 899 nafar. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 1 431 nafar va Navoiy viloyati — 1 203 nafar bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Toshkent shahridan 492 nafar, Xorazmdan 79 nafar, Buxorodan 59 nafar, Jizzaxdan 50 nafar, Samarqanddan 48 nafar, Sirdaryodan 39 nafar, Namangandan 37 nafar, Farg‘onadan 28 nafar, Andijondan 27 nafar, Qashqadaryodan 21 nafar va Surxondaryodan 9 nafar kishi doimiy yashash uchun xorijga ko‘chib ketgan.
Shu bilan birga, 2026-yilning birinchi yarmida xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga doimiy yashash uchun 1 649 kishi ko‘chib kelgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!